Dan tili

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Dan tili
Milliy nomi:
Mamlakatlar:
Mintaqalar:
Rasmiylik holati:
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni:
Tartiblovchi tashkilot:
Oʻrni:
Holati:
Turkumlanishi
Turkum:
Alifbosi:
Til kodlari
ISO 639-1
ISO 639-2
ISO 639-3
Shuningdek qarang: Loyiha:Tilshunoslik

Dan tili — danlar tili. German tillari guruhining Skandinaviya (Shim. Germaniya) shoxobchasiga kiradi. Daniyaning rasmiy tili boʻlib, unda 5,0 mln.ga yaqin kishi soʻzlashadi. 16— 19-a.larda D.t. Norvegiyada ham rasmiy va soʻzlashuv tili boʻlgan. Tarixda D.t.ning 3 davri farqlanadi: umumskandinaviya asos tili (3—9-a. lar), eski D. t. (9—16-a.lar) va yangi D. t. (16-a. dan keyingi davr). D.t.dagi qad. yozma yodgorliklar "runik" yozuvda boʻlib, 9-a.ga taalluqyai. Bu vaqtga kelib eski D. t. boshqa skandinav tillardan farq qila boshlagan. 18-a.ga kelib, hozirgi adabiy D.t. shakllandi. Adabiy D.t. zeland dialekti asosida yuzaga kelgan. Hoz. adabiy D.t. uchun analitik qurilish xos, fonetikasida choʻziq va qisqa unlilar mavjud (10 juft). Undoshlar faqat qisqa. Grammatikasida otlar birlik va koʻplikda keladi, umumiy va qaratqich kelishigida turlanadi. Gap qurilishi uchun 2 tarkiblilik va asosiy boʻlaklar — ega va kesimning aniq oʻringa egaligi xos. Yangi soʻzlar turli soʻz yasovchi qoʻshimchalar, shuningdek, soʻzlarni qoʻshish yoʻli bilan yasaladi. Yozuvi lotin alifbosi asosida.

Adabiyot[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil