Edip

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Edip — yunon mifologiyasida Fiva shahrining shohi. Avvalgi shoh Lay va uning xotini Iokastaning oʻgʻli. E. tugʻilgandan keyin otasining buyrugʻiga binoan (otasiga oʻz oʻgʻli tomonidan oʻldirilishi bashorat qilib aytilgani uchun) Kiferon togʻiga tashlab kelinadi. Choʻponlar tomonidan qutqarib qolingan E.ni Korinf podshosi Polib tarbiyalaydi. Voyaga yetgan E. Fivaga yoʻl oladi va oʻzi bilmagan holda otasini oʻldirib, Fiva taxtini egallaydi hamda onasiga uylanadi. Oʻzining mudhish jinoyatini keyinchalik bilgan E. oʻz koʻzini oʻyadi va sodiq qizi Antigona hamrohligida Fivadan chiqib ketadi. Afina chekkasidagi Kolon degan joyda vafot etadi. Dunyo adabiyotida, jumladan, Sofoklning "Shoh Edip", Volterning "Edip" asarlarida E. obrazi yorqin talqin etilgan.