Selma Lagerlöf

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Selma Lagerlöf
Tavalludi 20-noyabr 1858[1][2][3][4][5][6]
Vafoti 16-mart 1940[7][1][2][6]
Ijod qilgan tillari Shved tili[1]
Fuqaroligi Shvetsiya[3][8]

Selma Lagerlöf (1858.20. 11 - Morbakka - 1940.16.3) — shved yozuvchisi. Shvetsiya akademik aʼzosi (1914). Birinchi va koʻzga koʻringan yirik romani — "Iyost Berling haqida saga" (1891). Asar romantik uslubda yozilgan boʻlib, unda shved dehqonlarining turmush tarzi, orzu-umidlari aks ettirilgan. Lagerlöf Sitsiliya, Falastin va Misr safarlaridan soʻng "Dajjolning moʻʼjizalari" (1898) kitobi va "Quddus" (2 jildli, 1901 — 1902) romanini yozgan. Bolalar uchun yozilgan "Nils Xolgerssonning Shvetsiya boʻylab gʻaroyib sayohati" (1906) romani va "Botqoqdagi fermadan chiqqan qizcha" (1907) asari mashhur. Nobel mukofoti laureati (1909).[9]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]