Oliy darajali Imom Buxoriy ordeni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
„Oliy darajali Imom Buxoriy“ ordeni
Oliy darajali Imom Buxoriy ordeni (zanjirli).png Oliy darajali Imom Buxoriy ordeni.png
Mamlakat Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Turi Orden
Taqdirlash asosi Islom dini sivilizatsiyasiga hissa qoʻshgan olimlar ilmiy faoliyatini oʻrganish va keng jamoatchilikka yoyish
Holati topshiriladi
Statistika
Taʼsis sanasi 2022-yil 15-avgust
Birinchi taqdirlash 2022-yil 19-avgust
Navbat
Toʻngʻich mukofot Mustaqillik ordeni
Kenja mukofot Amir Temur ordeni

„Oliy darajali Imom Buxoriy“ ordeniOʻzbekiston Respublikasining davlat mukofotlaridan biri. 2022-yil 15-avgustda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan qonun asosida taʼsis etilgan[1].

Orden muhaddis Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil ibn Ibrohim al Buxoriy sharafiga nomlangan.

Bu orden bilan Oʻzbekiston va xorijiy davlatlar fuqarolari markaziy osiyolik tarixiy allomalarning islom sivilizatsiyasiga qoʻshgan hissasini xalqaro hamjamiyatga yetkazganligi, hadislarning ezgu, umuminsoniy gʻoyalarini keng ommaga yoyganligi, markaziy osiyolik allomalarning asarlarini ilmiy izohli tarjima qilgani, ularning islom diniga oid asarlarini toʻplashdagi va ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishdagi faol ishtiroki uchun mukofotlanadi[2].

„Oliy darajali Imom Buxoriy“ ordeni bilan mukofotlangan shaxsga Oʻzbekiston respublikasi bazaviy hisoblash miqdorining 70 baravari miqdoridagi bir martalik pul mukofoti ham beriladi[2].

Tavsifi[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Oliy darajali Imom Buxoriy“ ordeni koʻkrakning oʻng tomoniga yoki orden zanjirida taqiladi. Orden 750 probali oltindan tayyorlanadi hamda ikki qoplamali medalondan iborat boʻladi. Birinchi bosqichdagi medalon diametri 87 mm li sakkiz qirrali yulduz koʻrinishidadir. Uning burchaklari orasida qarama-qarshi uchlari orasi 84 mm li, uchlari yumaloqlangan nur tutamlari joylashtirilgan. Sakkiz qirrali yulduzning ichki qismida yashil emal qoplamali bargsimon shakllar joylashtirilgan. Sakkiz qirrali yulduz 56 dona 2,5 mm li, 8 dona 2,6 mm li hamda 8 dona 1,5 mm li brilliant toshlar bilan bezatilgan[2].

Ordenning markazidan oʻrin olgan ikkinchi medalon diametri 45 mm li arqonsimon naqsh bilan hoshiyalangan doira shaklidadir. Doira markazida emalli koʻk fonda ochiq holatdagi kitob va uning yuqori qismida nur taratayotgan quyosh shakli tasvirlangan. Uning pastki qismida 3,1 mm li balandlikdagi bosh harflar bilan „ILM — NUR“ soʻzlari yozilgan[2].

Ikkinchi medalonning aylanasi boʻylab oq emal fonida 3,5 mm li bosh harflar bilan „MUHAMMAD IBN ISMOIL IMOM BUXORIY“ yozuvi bitilgan boʻlib, yozuvlar 2,5 mm li ikkita brilliant bilan ajratilgan[2].

„Oliy darajali Imom Buxoriy“ ordeni ikkita mahkamlagichga ega:

  • gaykaga burab qotiriladigan burama mahkamlagich;
  • orden zanjiriga mahkamlanadigan yechiladigan qisqich[2].

Ordenning orqa tomoniga 2 mm li botiq harflar bilan mukofot raqami tushiriladi[2].

„Oliy darajali Imom Buxoriy“ ordeni zanjirining uzunligi 900 mm boʻlib, u 750 probali oltindan tayyorlanadi. Zanjir ikki turdagi halqalarga egadir. 32 mm diametrli halqa ordenning ikkinchi medaloni koʻrinishini ifodalaydi, 30 mm diametrli halqalar Oʻzbekiston Respublikasi davlat gerbi koʻrinishida boʻlib, uning atroflari 468 dona 1,2 mm li brilliantlar bilan bezatilgan[2].

„Oliy darajali Imom Buxoriy“ ordeni zanjirining pastki qismida turli rangdagi emal bilan qoplangan sakkiz qirrali yulduz va Oʻzbekiston Respublikasi davlat gerbi koʻrinishidagi halqalar joylashgan[2].

Zanjir 27 ta halqa va ilgakdan iboratdir. „Oliy Darajali Imom Buxoriy“ ordenining umumiy ogʻirligi 850 gramm[2].

Mukofotlanganlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „«Imom Buxoriy» ordeni ta’sis etildi“. Gazeta.uz (16-avgust 2022-yil). Qaraldi: 29-avgust 2022-yil.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 2,5 2,6 2,7 2,8 2,9 „O'zbekiston respublikasining qonuni. "Imom Buxoriy ordeni"ni ta'sis etish to'g'risida“. lex.uz. Lex.uz. Qaraldi: 24-avgust 2022-yil.
  3. „Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohini "Oliy darajali Imom Buxoriy" ordeni bilan mukofotladi“. Uzreport.uz (19-avgust 2022-yil). Qaraldi: 29-avgust 2022-yil.