Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish aʼlochisi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish
„Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish aʼlochisi“ koʻkrak nishoni
KOMMUNAL ALOCHISI.jpg
Mamlakat Oʻzbekiston
Turi ko'krak nishoni
KimgaTopshiriladi Oʻzbekiston fuqarolari va Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmagan shaxslar ham taqdirlanishi mumkin
Taqdirlash asosi innovatsion gʻoya va texnologiyalarni rivojlantirish va ularni amaliyotga tatbiq etishga munosib hissa qoʻshgan yosh olimlar va talabalar hamda tashabbuskor fuqarolar taqdirlanadilar.
Holati topshiriladi
Statistika
Taʼsis sanasi 2018-yil 11-dekabr.

„Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish a’lochisi“ koʻkrak nishoni — mamlakatimiz aholisining uy-joy sharoitlarini yaxshilash, muhandislik kommunikatsiyalarini oʻz vaqtida sifatli qurish va ta’mirlash, ularning atrofidagi hududlarni obodonlashtirish, uy-joy kommunal xizmatlar koʻrsatish tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va zamonaviy uskunalar bilan jihozlash ishlarida yuqori natijalarni qoʻlga kiritgan, soha rivojiga munosib hissa qoʻshgan fuqarolarni ragʻbatlantirish maqsadida ta’sis etilgan[1][2].

Tavsifi[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • „Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish a’lochisi“ koʻkrak nishoni diametri 34 millimetrli doira shaklida boʻlib, mis qotishmasidan tayyorlanadi. Koʻkrak nishonining old tomoni pastki qismida quyosh nurlari fonida ikkita uy binosi koʻk rangda va muqobil elektr energiyasini anglatuvchi tomi va moʻrisi qizil rangda tasvirlangan. Uning orqasida koʻp xonadonli uy binolari ifodalangan boʻlib, binolarning romlari zarhallangan. Pastdan tepaga qalinlashib boruvchi radiusga ega boʻlgan yarim aylana Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi ranglarida ishlangan.
  • Koʻkrak nishonining aylanasi boʻylab zarhal hoshiya bilan oʻralgan oq emalli doirada balandligi 6 millimetr boʻlgan „UY-JOY KOMMUNAL XIZMAT KOʻRSATISH“ soʻzlari hamda pastdan ikkita sakkiz qirrali yulduz oʻrtasida „AʻLOCHISI“ soʻzlari yozilgan.
  • Koʻkrak nishonining orqa tomoni markazida besh qatorda harflarning balandligi 2 millimetr boʻlgan „Uy-joy kommunal“, „xizmat koʻrsatish“, „sohasi rivojiga“, „qoʻshgan hissasi“, „uchun“ yozuvi joylashgan. Koʻkrak nishonining qalinligi 2,2 millimetr. Tasvirlar va yozuvlar qavariqdir.
  • Koʻkrak nishoni old va orqa tomonlarining chetlari qavariq doira bilan oʻralgan. Koʻkrak nishoni halqa va ilmoqchalar yordamida toʻgʻri toʻrtburchak shaklidagi qadagʻichga ulangan.
  • Qadagʻichning eni ― 26 millimetr, boʻyi ― 17 millimetrdan iborat. Qadagʻich eni 22 millimetrli shoyi lenta bilan qoplangan boʻlib, lentaning markazidan eni 6 millimetrli koʻk yoʻl oʻtgan. Uning har ikki tarafidan eni 1 millimetrli koʻk, eni 2 millimetrli yashil va eni 5 millimetr boʻlgan oq rangdagi yoʻllar tushirilgan. Qadagʻichning orqa tomoniga koʻkrak nishonini kiyimga taqib qoʻyish uchun toʻgʻnogʻich koʻrinishidagi moslama oʻrnatilgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]