Kontent qismiga oʻtish

Oʻzbekiston belgisi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
„Oʻzbekiston belgisi“ koʻkrak nishoni
Turi koʻkrak nishoni
Taqdirlash asosi Vatanimiz obroʻsini, shon-shuhrati va sharafini yuksaltirish yoʻlida xizmat qilayotgan, Oʻzbekistonda kelajagi buyuk davlat barpo etishda hamda mamlakatimiz ichki va tashqi hayotida faol ishtirok etayotgan fuqarolar taqdirlanadilar.
Mamlakat Oʻzbekiston Oʻzbekiston
Holati topshiriladi
Taʼsis etilgan sanasi 1997-yil 27-iyul.

„Oʻzbekiston belgisi“ koʻkrak nishoni — milliy maʼnaviyatimiz, madaniy merosimiz va umuminsoniy qadriyatlar zaminida yuksak vatanparvarlik tuygʻusini va mehnatsevarlik fazilatlarini oʻzida mujassamlashtirgan, Vatanimiz obroʻsini, shon-shuhrati va sharafini yuksaltirish yoʻlida xizmat qilayotgan, Oʻzbekistonda kelajagi buyuk davlat barpo etishda hamda mamlakatimiz ichki va tashqi hayotida faol ishtirok etayotgan fuqarolarni ragʻbatlantirish maqsadida taʼsis etilgan[1][2].

  • „Oʻzbekiston belgisi“ koʻkrak nishoni 1,0 mikron qalinlikdagi oltin bilan qoplangan 925 probali kumushdan tayyorlanadi va diametri 22 millimetrni tashkil etadigan halqadan iborat boʻladi.
  • Nishonning markazida mustaqillik ramzi — kumush tusdagi Humo qushi tasviri aks ettiriladi. Humo qushi ortidagi rangli emal bilan ishlangan fon Oʻzbekistonning goʻzalligi va boyligini ifodalaydi. Yuqorida, Humo qushining tepasida Oʻzbekiston Davlat gerbining ramzi — musamman aks ettiriladi. Uning markazida diametri 2,5 millimetrli fianit kristali joylashtiriladi. Humo qushini dafna novdalari oʻrab turadi.
  • Belgining ostki qismida, Humo qushining tagidagi oq fonda „OʻZBEKISTON“ yozuvi bitilgan Oʻzbekiston Respublikasining bayrogʻi aks ettiriladi. Harflarning balandligi 0,8 millimetr.
  • Nishonning orqa tomoni tekis boʻlib, oʻrtasida burab mahkamlanadigan murvati bor. Uning pastki qismida nishonning tartib raqami 1,0 millimetrli harflar bilan bitib qoʻyiladi.