Oʻzbekiston xalq rassomi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
"Oʻzbekiston Respublikasi xalq rassomi" faxriy unvoni
Mamlakat Oʻzbekiston Oʻzbekiston
Turi faxriy unvon
Kimga topshiriladi Oʻzbekiston fuqarolariga
Taqdirlash asosi rang tasvir, grafika, haykaltaroshlik, amaliy-dekorativ, teatr va kino san’atini rivojlantirishdagi alohida xizmatlari uchun
Holati topshiriladi
Statistika
Taʼsis sanasi 1996-yil 26-aprel

„Oʻzbekiston Respublikasi xalq rassomi” faxriy unvoni — atoqli tasviriy san’at arboblariga rang tasvir, grafika, haykaltaroshlik, amaliy-dekorativ, teatr va kino san’atini rivojlantirishdagi alohida xizmatlari uchun beriladi[1][2][3][4].

Tavsifi[tahrir | manbasini tahrirlash]

• Koʻkrak nishoni 0,25 mikron qalinlikda tilla qoplangan 925 probali kumushdan tayyorlanib, diametri 34 millimetrli doira shaklida boʻladi. Nishonning qalinligi 2,2 millimetr. • Nishonning hoshiyalangan tekis yuz tomonida molbert fonida taxta (palitra) moʻyqalamlari bilan, pastki oʻng chekkasida dafna novdasi tasvirlangan. Nishonning chap tomonida ramzning yuqorirogʻida “XALQ RASSOMI” degan yozuv gorizontal holatda joy olgan.

• Nishonning orqa tomonida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan.Tasvirlar va yozuv qabariq.

• Koʻkrak nishoni ichki qismiga Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadagʻichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]