Kontent qismiga oʻtish

Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist

Vikipediya, erkin ensiklopediya
“Oʻzbekiston xizmat koʻrsatgan artist” faxriy unvoni
Turi faxriy unvon
Taqdirlash asosi respublikada sanʼatni rivojlantirishda, respublikada ijodiy kadrlarni tayyorlash va tarbiyalashda xizmat koʻrsatgan badiiy jamoalarning rahbarlariga
Mamlakat Oʻzbekiston Oʻzbekiston
Holati topshiriladi
Taʼsis etilgan sanasi 1996-yil 26-aprel.

„Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist“ faxriy unvoni — respublikada sanʼatni rivojlantirishda, respublikada ijodiy kadrlarni tayyorlash va tarbiyalashda xizmat koʻrsatgan teatr, kino, estrada, sirk, televideniye va radio eshittirish artistlari va rejissorlariga, musiqa ijrochilari va ashulachilarga, baletmeysterlarga, orkestr va xor dirijyorlariga, musiqa va boshqa badiiy jamoalarning rahbarlariga beriladi[1][2][3][4].

  • Koʻkrak nishoni diametri 30 millimetrli doira shaklida boʻladi va 925 probali kumushdan tayyorlanadi. Nishonning qalinligi 2,2 millimetr.
  • Nishonning hoshiyalangan tekis yuz tomonida doira, niqob va royal, pastki oʻng chekkasida dafna novdasi tasvirlangan. Nishonning aylanasi boʻylab „XIZMAT KOʻRSATGAN ARTIST“ degan yozuv joy olgan.
  • Nishonning orqa tomonida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan. Tasvirlar va yozuv qabariq.
  • Koʻkrak nishoni ichki qismiga Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi ranglaridagi shoyi lenta sirilgan kadagʻichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi.

Mukofotlanganlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]