Mardlik ordeni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
"Mardlik" ordeni
Asl nomi «Мардлик» ордени
Mamlakat Oʻzbekiston Oʻzbekiston
Turi orden
Kimga topshiriladi Oʻzbekiston va xorijiy davlat fuqarolariga
Taqdirlash asosi oʻzini vatan himoyasiga bagʻishlagan va mardlik namunasini koʻrsatgan harbiy xizmatchilarga
Holati topshiriladi
Statistika
Koʻrsatkichlari Balandligi 50 mm
Kengligi 41 mm
Qalinligi 4.5 mm
Taʼsis sanasi 2012-yil 11-sentyabr[1]
Birinchi taqdirlash 2013-yil 14-yanvarda
Navbat
Toʻngʻich mukofot Doʻstlik ordeni
Kenja mukofot Jasorat medali

"Mardlik" ordeni — Oʻzbekiston Respublikasining orden va medallaridan biri. 2012-yil 11-sentyabrda Oʻzbekiston Prezidenti Islom Karimov qarori bilan taʼsis etilgan.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzini Vatanni himoya qilishga va Ona yurt xizmatiga bagʻishlagan, bunda mardlik hamda jasorat koʻrsatgan Oʻzbekiston Respublikasi harbiy xizmatchilari va boshqa fuqarolari mukofotlanadi. Alohida hollarda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmagan shaxslar ham mukofotlanishi mumkin. Orden bilan Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti mukofotlaydi. Mukofotlash toʻgʻrisidagi farmon matbuotda va boshqa ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi. Mukofotlashga taqdim etish, mukofotlash, shuningdek uni topshirish Qonunda nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi. Mukofotlangan shaxslar eng kam ish haqining oʻn besh baravari miqdorida bir yoʻla beriladigan pul mukofoti oladilar va qonun hujjatlarida belgilab qoʻyiladigan imtiyozlardan foydalanadilar. Orden koʻkrakning chap tomoniga taqiladi. Orden bilan vafotidan keyin mukofotlangan taqdirda, orden, mukofotlash toʻgʻrisidagi hujjat va bir yoʻla beriladigan pul mukofoti mukofotlanganning oilasiga topshiriladi.

Tavsifi[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 1 mikron qalinlikda oltin qoplangan mis qotishmasidan tayyorlanadi. Ordenning balandligi 50 millimetr, eni 41 millimetr, qalinligi 4,5 millimetr.
  • Orden nishoni yigʻma, uning asosi tilla rang naqshinkor parchinlari boʻlgan koʻk emal hoshiyali shakldor geraldik qalqon koʻrinishida boʻlib, unga Oʻzbekiston Respublikasining birligi ramzi boʻlgan qavariq sakkiz qirrali yulduz biriktiriladi. Yulduz qirralari taram-taram boʻlib taralayotgan zarrin ovalsimon nurlar koʻrinishida bajarilgan. Yulduzning qarama-qarshi qirralari oraligʻi 45 millimetr.
  • Sakkiz qirrali yulduzga naqshinkor parchinlari boʻlgan, qavariq, qadimiy uslubda aks ettirilgan dumaloq sharqona qalqon koʻrinishidagi diametri 30 millimetrli qoplama medalon biriktiriladi. *Qalqonning har ikkala yon tomoni gʻalaba, shon-shuhrat va mukofot ramzi boʻlgan qavariq, tilla rangli dafna yaproqlaridan gulchambar koʻrinishida hoshiyalangan. Gulchambardan pastda tilla rang gardishli, oq emalli lenta koʻrinishida aks ettirilgan fonga „MARDLIK“ ordeni nomi joylashtirilgan. Yozuv boʻrtma bosh harflar bilan toʻq qizil emalda bajarilgan. Shrifti „MILLENIUM BdExBT“, kegli 20.
  • Sharqona qalqondan yuqorida moviy rangda emallangan oltin hallangan yarim oy va yulduzli musamman — Oʻzbekiston gerbining muqaddas ramzlari tasvirlangan.
  • Musamman yonlarida sakkiz qirrali yulduz fonida milliy or-nomus va qadr-qimmat, Ona yurtni himoya qilishga shaylik ramzi boʻlgan, oʻzaro koʻndalang kesishgan ikkita qadimiy sharqona qilich efesi (dasta belamagi), quyi tomonda esa, ularning uzun qayrilma tigʻlarining uchlari qavariqli tasvirlangan.
  • Orden nishoni kompozitsiyasini dala formali kiyimdagi askarning — Vatan himoyachisining hayot sarchashmasi ifodasi boʻlgan asosiy ramziy belgi — chor atrofga taralayotgan zarrin quyosh nurlari aks etgan oq rangli emal fonidagi qalqon markazida joylashgan boʻrtma, koʻkrakdan yuqori qismining yarim yon tomonlama olingan tasviri yakunlaydi.
  • Ordenning orqa tomonida diametri 22 millimetrli Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi qavariqli tasvirlangan. Pastki qismida ordenning raqami 2 millimetr oʻlchamdagi zarb qilingan shrift bilan yozilgan.
  • Orden toʻrt xil rangdagi yoʻllari boʻlgan muhayyar lenta bilan sirilgan besh qirrali qadagʻichga ilmoqcha va halqacha yordamida ulanadi. Lentaning eni 24 millimetr. Lenta markazidan eni 8 millimetrli oq yoʻl oʻtgan. Uning har ikkala tarafidan eni 3 millimetrli yashil yoʻllar joy olgan. Undan keyin eni 4 millimetrli moviy yoʻllar tushirilgan. Lentaning chekkalari eni 1 millimetrli qizil yoʻllar bilan hoshiyalangan. Qadagʻichning balandligi 48 millimetr, eni 46 millimetr.
  • Qadagʻichning orqa tomonida ordenni kiyimga taqib qoʻyish uchun toʻgʻnogʻich koʻrinishidagi moslama mavjud.

Taqdirlanganlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]