Oʻzbekiston xalq baxshisi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
“Oʻzbekiston Respublikasi xalq baxshisi” faxriy unvoni
Oʻzbekiston xalq baxshi (medali).jpg
Mamlakat Oʻzbekiston Oʻzbekiston
Turi faxriy unvon
KimgaTopshiriladi Oʻzbekiston fuqarolariga
Taqdirlash asosi baxshichilik san’atini yanada rivojlantirishdagi, milliy qadriyatlarimizni e’zozlash va oʻzbek xalq ogʻzaki ijodiyotini keng targʻib etishda qoʻshgan hissalari uchun
Holati topshiriladi
Statistika
Taʼsis sanasi 2000-yil 26-may.

“Oʻzbekiston Respublikasi xalq baxshisi” faxriy unvoni — baxshichilik sanʼatini yanada rivojlantirishdagi, milliy qadriyatlarimizni eʼzozlash va oʻzbek xalq ogʻzaki ijodiyotini keng targʻib etishdagi, oʻz ijodi va ijrochilik faoliyati bilan xalqimizni, ayniqsa yoshlarni koʻp ming yillik madaniyatimiz sarchashmalaridan bahramand qilishdagi hamda Vatan istiqloli va shon-sharafini ulugʻlash yoʻlidagi salmoqli hissalari hamda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini ragʻbatlantirish maqsadida taʼsis etilgan[1].

Tavsifi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Koʻkrak nishoni 0,25 mikron qalinlikda tilla qoplangan 925 probali kumushdan tayyorlanib, diametri 34 millimetrli doira shaklida boʻladi. Nishonning qalinligi 2,2 millimetr. Nishonning hoshiyalangan tekis yuz tomonida milliy cholgʻu asbobi — doʻmbira chalib kuylayotgan baxshi, pastki oʻng chekkasida dafna novdasi tasvirlangan. Ramzlarning yuqorirogʻidan “XALQ BAXSHISI” degan yozuv gorizontal holatda joy olgan. Nishonning orqa tomonida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan.Tasvirlar va yozuv qabariq. Koʻkrak nishoni ichki qismiga Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadagʻichga xalqa va ilmoqcha yordamida ulanadi[2][3].

Sohiblari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]