Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
Jump to navigation
Jump to search
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf | ||
![]() | ||
| ||
---|---|---|
1989-yildan — 1993-yilgacha | ||
Oʻtmishdoshi: | Shamsiddinxon Boboxonov[1] | |
Vorisi: | lavozim bekor qilingan | |
Fuqaroligi: | OʻzSSR![]() | |
Dini: | Islom | |
Tavalludi: | 15-aprel 1952-yil Andijon, OʻzSSR, SSSR | |
Vafoti: | 10-mart 2015-yil (62 yoshda) Toshkent, Oʻzbekiston | |
Otasi: | Muhammad Yusuf ibn Muhammad Ali | |
Kasbi: | qori, tarjimon | |
Mukofotlari: |
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf ibn Muhammad Ali (1952-2015) Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston musulmonlari diniy boshqarmasining muftiysi (1989-1993). Islom ulamolari millatlararo ittifoqining aʼzosi.
Biografiyasi[tahrir]
- 1952-yil 15-aprelda Andijon viloyati Buloqboshi tumani qishlogʻida tugʻilgan.
- 1970-yilda Buxorodagi Mir Arab madrasasiga oʻqishga qabul qilindi. Keyinchalik Toshkent islom institutida tahsil olib, 1975-yilda tamomladi.
- 1976-yilda Liviyadagi Islom universitetiga qabul qilindi va 1980-yilda tamomladi.
- 1980-1986 yillarda Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston musulmonlari diniy boshqarmasi xalqaro aloqalar boʻlimi xodimi va Toshkent islom instituti oʻqituvchisi boʻlgan.
- 1986-1989 yillarda Toshkent islom instituti rektori.
- 1989-1993 yillarda Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston musulmonlari diniy boshqarmasi raisi, Oliy Sovet deputati.
- 1993-2001 yillarda Liviyadagi Islom universiteti oʻqituvchisi.
- 2001-2015 yillarda Oʻzbekiston musulmonlari idorasi ulamolar kengashi aʼzosi.
- 2015-yil 10-mart kuni yurak infarktidan vafot etdi.[2][3]
Xotirasi[tahrir]
- Shayxni kuzatish marosimi Toshkent shahrining Koʻkcha dahasi Shayx Zayniddin jomeʼ masjidida oʻtkazildi. Janoza marosimiga Oʻzbekistonning turli viloyatlari va boshqa mamlakatlardan tashrif qilgan taxminan 250000 kishi ishtirok etgan.[4].
- Koreya Respublikasining Kojedo shahrida uning nomiga masjid qurilgan[5].
- Checheniston poytaxti Grozniydagi ko'chalardan biriga uning nomi berilgan[6]
- Qozogʻistonning Chimkent shahrida uning nomiga masjid qurilgan[7].
- Moskva viloyati Balashixa tumanida shayx nomi bilan ayollar va erkaklar madrasasi tashkil etilgan[8]
- Toshkent shahrining Chilonzor tumanida uning nomi bilan masjid qurilgan.
Kitoblari[tahrir]
- Asosiy maqola: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf kitoblari roʻyxati.
Manbalar[tahrir]
- ↑ Жизнь муфтиев Бабахановых: служение возрождению Ислама в Советском Союзе
- ↑ Скончался шейх Мухаммад Садык Мухаммад Юсуф. UZ24 (2015-03-10). Asl nusxadan arxivlandi (2015-03-13). 2015-03-10.
- ↑ Дамир Мухетдинов: Аллах взял к Себе великого алима Мухаммада Садыка Мухаммада Юсуфа. talks.su (2015-03-13). 2015-05-19.[sayt ishlamaydi]
- ↑ Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari „Shayx Zayniddin“ qabristoniga dafn etildi, archived from the original on 2015-03-15, https://web.archive.org/web/20150315095752/http://info.islom.uz/index.php/home/yangiliklar/item/1453-shajkh-muhammad-sodiq-muhammad-yusuf-hazratlari-shajkh-zajniddin-qabristoniga-dafn-etildi, qaraldi: 2015-03-12
- ↑ Мечеть в Корее назвали в честь шейха Мухаммада Садыка Мухаммада Юсуфа. IslamRF.Ru (2015-03-19). 2015-04-06.
- ↑ "Рамзан Кадыров посвятит узбекскому шейху одну из улиц Грозного". IslamNews. 2015-03-11. http://www.islamnews.ru/news-453500.html. Qaraldi: 2015-03-12.
- ↑ V Shimkente otkrilas mechet imeni Muxammada Sodika, raximaxuLlax, archived from the original on 2015-05-28, https://web.archive.org/web/20150528173627/http://azan.kz/article/show/id/7664.html, qaraldi: 2019-11-10
- ↑ https://m.kun.uz/news/2019/12/29/moskvada-shayx-muhammad-sodiq-muhammad-yusuf-madrasasi-borligini-bilasizmi-kunuzda-eksklyuziv-suhbat
![]() |
![]() |
Turkum:
- 15-aprelda tugʻilganlar
- 1952-yilda tugʻilganlar
- Shaxsiyatlar
- Andijonda tugʻilganlar
- 10-martda vafot etganlar
- 2015-yilda vafot etganlar
- Alifbo boʻyicha shaxsiyatlar
- Toshkentda vafot etganlar
- Xalqlar doʻstligi ordeni sohiblari
- Oʻzbek imomlari
- Oʻzbekiston yetakchilari
- Oʻzbekiston kishilari
- Imomlar
- Islom shaxsiyatlari haqidagi chala maqolalar
- Shaxsiyatlar haqidagi chala maqolalar
- Kishilar