Salomatlik ordeni
“Salomatlik” ordeni | ||
---|---|---|
| ||
Mamlakat |
![]() | |
Turi | orden | |
Kimga topshiriladi | Oʻzbekiston fuqarolariga va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga ham | |
Taqdirlash asosi | sogʻliqni saqlash tizimini rivojlantirish, aholi salomatligini yaxshilash hamda ushbu sohada xalqaro hamkorlikni mustahkamlashdagi alohida xizmatlari uchun | |
Holati | topshiriladi | |
Statistika | ||
Taʼsis sanasi | 2020-yil 26-may. |
„Salomatlik“ ordeni — Oʻzbekistonda sogʻliqni saqlash tizimini rivojlantirish, aholi salomatligini yaxshilash, xalqaro hamkorlikni mustahkamlashdagi alohida xizmatlari uchun sohaga aloqador shaxslar mukofotlanadi[1].
Daraja
[tahrir | manbasini tahrirlash]Orden 2 darajadan iborat: 1-darajali va 2-darajali. Ordenning oliy darajasi 1-darajadir. Mukofotlash avval 2-darajali, oradan kamida uch yil oʻtganidan keyin 1-darajali orden bilan taqdirlash tarzida amalga oshiriladi.
1-darajali „Salomatlik“ ordeni bilan:
- sogʻliqni saqlash tizimining rahbarlari va shifokorlar;
- homiylik xayriyalarini amalga oshiruvchi tadbirkorlar, xalqaro tashkilotlar va moliya institutlari vakillari;
- xorijiy investorlar, biznes doira hamda sogʻliqni saqlash tizimining vakillari;
- farmatsevtika sohasida faoliyat yurituvchi xodimlar, olimlar, mahalliy tadbirkorlar va xorijiy hamkorlar;
- tibbiyot oliy taʼlim muassasalarining professor-oʻqituvchilari va amaliyotchi shifokorlari, tibbiyot kasb-hunar kollejlari va texnikumlarining oʻqituvchilari;
- respublika va hududiy tibbiyot muassasalari, tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari, oilaviy poliklinikalar va qishloq vrachlik punktlarining tibbiyot xodimlari, koʻngillilar mukofotlanadi.
2-darajali „Salomatlik“ ordeni bilan:
- Oʻzbekiston hududlari kesimidagi tibbiyot muassasalarining shifokorlari, oʻrta va kichik tibbiyot xodimlari;
- tor ixtisoslikdagi shifokorlar, umumiy amaliyot va tez tibbiy yordam shifokorlari;
- sanitariya-epidemiologiya nazorati va sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni taʼminlash tizimi xodimlari;
- sogʻliqni saqlash tizimidagi barcha shifokorlar va oʻrta tibbiyot xodimlari;
- sogʻliqni saqlash sohasining ilmiy doira vakillari va yuqori malakaga ega boʻlgan shifokorlari mukofotlanadilar.
Orden bilan boshqa sohadagi shaxslar ham alohida xizmatlari uchun mukofotlanishi mumkin.
Har bir mukofotlangan shaxsga tegishli darajali „Salomatlik“ ordenini topshirish bilan bir vaqtda mukofotlanganlik toʻgʻrisidagi hujjatlar beriladi[2][3][4][5].
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Oʻzbekiston Respublikasining orden va medallari
- Oʻzbekiston hukumatining mukofotlari
- Oʻzbekiston davlat imtiyozli mukofotlari
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „SALOMATLIK“ ORDENINI TAʼSIS ETISH TOʻGʻRISIDA Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 26.05.2020-yildagi OʻRQ-620-son
- ↑ „Salomatlik“ ordeni va „Sogʻlom turmush“ medali taʼsis etiladi[sayt ishlamaydi]
- ↑ „Salomatlik“ ordeni va „Sogʻlom turmush“ medali taʼsis etiladi
- ↑ Sogʻliqni saqlash tizimini rivojlantirishdagi xizmatlar uchun beriladigan „SALOMATLIK“ ordeni taʼsis etildi
- ↑ „Salomatlik“ ordeni taʼsis etildi