Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 30 yil

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
„Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 30 yil“ esdalik nishoni
Qk-30yil.jpg
Mamlakat Oʻzbekiston Oʻzbekiston
Turi esdalik nishon
KimgaTopshiriladi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga
Taqdirlash asosi davlatning mudofaa qudratini mustahkamlash va Qurolli Kuchlar qurilishiga muhim hissa qoʻshgan shaxslar, yuqori pofessional mahorati, harbiy va vatanparvarlik burchiga sadoqatini namoyon qilgan harbiylar, isteʼfodagi va zaxiradagi harbiylar hamda xizmat burchini bajarish vaqtida halok boʻlgan yoki yaralangan va shikastlangan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilari
Holati topshiriladi
Statistika
Taʼsis sanasi 2021-yil 1-dekabr.

„Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 30 yil“ esdalik nishoni bilan mamlakatimiz mudofaa qudratini mustahkamlash va Qurolli Kuchlarni barpo etishga salmoqli hissa qoʻshgan shaxslar, yuqori professional mahorati, harbiy-vatanparvarlik burchiga sadoqatini namoyon etgan harbiy xizmatchilar, jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligi va hududiy yaxlitligini himoya qilish boʻyicha jangovar harakatlarda ishtirok etgan, zaxiraga boʻshatilgan yoki isteʼfoga chiqarilgan harbiylar, shuningdek, harbiy hamda xizmat burchini bajarishda halok boʻlgan yoxud yarador boʻlgan va shikastlangan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilari taqdirlanadi[1][2][3][4].

Tavsifi[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • „Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 30 yil“ esdalik nishoni 0,25 mikron qalinlikda oltin bilan qoplangan mis qotishmasidan tayyorlanadi va diametri 34 millimetrli doira shaklida boʻladi.
  • Esdalik nishonining markazida, diametri 23,5 millimetrli tilla rangdagi doira ichida quyosh nurlari fonida ot mingan Amir Temur haykali tasvirlangan. Doiraning pastki qismida ikki qatorda balandligi 3,2 millimetr boʻlgan „30“ raqami hamda balandligi 1 millimetr boʻlgan „YIL“ yozuvi joylashgan. Yozuvlar koʻk rangda aks ettirilgan.
  • Koʻkrak nishoni aylanasi boʻylab toʻq koʻk rangdagi emal fonida „OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QUROLLI KUCNLARIGA“ yozuvi joylashgan boʻlib, aylana chetlari kumush rangdagi qabariq hoshiya bilan oʻralgan. Yozuv kumush rangda boʻlib, harflarning balandligi 2 millimetrni tashkil etadi. Aylananing pastki qismi kumush rangdagi sakkiz qirrali yulduz bilan bezatilgan.
  • Esdalik nishonining orqa tomonida diametri 24,5 millimetrli Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasvirlangan. Tasvirlar va yozuvlar qabariqdir.
  • Esdalik nishoni toʻrt xil rangdagi yoʻllari boʻlgan muhayyar mato bilan sirilgan besh qirrali qadagʻichga ilmoqcha va halqacha yordamida ulanadi. Mato 5 millimetrli yoʻl-yoʻl koʻk, toʻq qizil, toʻq zangori, kulrang ranglardan iborat. Ularning orasida eni 1,5 millimetrli uchta sariq yoʻllar joylashgan. Qadagʻichning orqa tomoniga esdalik nishonini kiyimga taqib qoʻyish uchun toʻgʻnogʻich koʻrinishidagi moslama oʻrnatilgan.

Shuningdek qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]