jamoa, aksiyadorlik, dehqon, ijara, shaxsiy va boshqa turdagi xoʻjaliklarning, korxonalarning, oʻquv yurtlari, ilmiy-tadqiqot va tajriba muassasalarining pillachilikni rivojlantirishda alohida xizmat koʻrsatgan xodimlariga
„Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan pillachi“ faxriy unvoni — jamoa, aksiyadorlik, dehqon, ijara, shaxsiy va boshqa turdagi xoʻjaliklarning, korxonalarning, oʻquv yurtlari, ilmiy-tadqiqot va tajriba muassasalarining pillachilikni rivojlantirishda alohida xizmat koʻrsatgan xodimlariga, shuningdek boshqa shaxslarga beriladi[1][2][3][4].
Koʻkrak nishoni diametri 30 millimetrli doira shaklida boʻladi va 925 probali kumushdan tayyorlanadi. Nishonning qalinligi 2,2 millimetr.
Nishonning hoshiyalangan tekis yuz tomonida gazlama oʻrami ustida pillasi bilan tut barglari, pastki oʻng chekkasida dafna novdasi tasvirlangan. Nishonning aylanasi boʻylab „XIZMAT KOʻRSATGAN RILLASNI“ degan yozuv joy olgan.
Nishonning orqa tomonida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan. Tasvirlar va yozuv qabariq.
Koʻkrak nishoni ichki qismiga Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadagʻichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi.