Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan ixtirochi va ratsionalizator

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
„Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan ixtirochi va ratsionalizator“ faxriy unvoni
Mamlakat Oʻzbekiston Oʻzbekiston
Turi faxriy unvon
Kimga topshiriladi Oʻzbekiston fuqarolariga
Taqdirlash asosi ixtirochilik va ratsionalizatorlikni rivojlantirishda, ixtirolar va ratsionalizatorlik takliflarini ishlab chiqarishga joriy etishda xizmat koʻrsatgan shaxslarga
Holati topshiriladi
Statistika
Taʼsis sanasi 1996-yil 26-aprel.

„Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan ixtirochi va ratsionalizator“ faxriy unvoni — xalq xoʻjaligiga joriy etilgan va katta iqtisodiy samara bergan ixtirolar va ratsionalizatorlik takliflarining mualliflariga, shuningdek ixtirochilik va ratsionalizatorlikni rivojlantirishda, ixtirolar va ratsionalizatorlik takliflarini ishlab chiqarishga joriy etishda xizmat koʻrsatgan shaxslarga beriladi[1][2][3][4].

Tavsifi[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Koʻkrak nishoni diametri 30 millimetrli doira shaklida boʻladi va 925 probali kumushdan tayyorlanadi. Nishonning qalinligi 2,2 millimetr.
  • Nishonning hoshiyalangan tekis yuz tomoni oʻrtarogʻida shtangensirkul, tishli gʻildirak va qogʻoz varagʻi, pastki oʻng chekkasida dafna novdasi tasvirlangan. Nishonning aylanasi boʻylab „XIZMAT KOʻRSATGAN IXTIROCHI VA RATSIONALIZATOR“ degan yozuv ikki qator boʻlib joy olgan.
  • Nishonning orqa tomonida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan. Tasvirlar va yozuv qabariq.
  • Koʻkrak nishoni ichki qismiga Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadagʻichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]