Oʻzbekiston fan arbobi
"Oʻzbekiston Respublikasi fan arbobi" faxriy unvoni | ||
---|---|---|
| ||
Mamlakat |
![]() | |
Turi | faxriy unvon | |
KimgaTopshiriladi | Oʻzbekiston fuqarolariga | |
Taqdirlash asosi | olimlarga fan va texnika sohasidagi g‘oyat qimmatli asarlari, kashfiyot va ixtirolari, uning yutuqlarini targ‘ib va joriy etishdagi, respublika xalq xo‘jaligi uchun ilmiy kadrlar va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashdagi qo‘shgan hissalari uchun | |
Holati | topshiriladi | |
Statistika | ||
Taʼsis sanasi | 1996-yil 24-aprel |
“O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi” faxriy unvoni — olimlarga fan va texnika sohasidagi g‘oyat qimmatli asarlari, kashfiyot va ixtirolari uchun, Fan va texnikani rivojlantirishdagi, uning yutuqlarini targ‘ib va joriy etishdagi, respublika xalq xo‘jaligi uchun ilmiy kadrlar va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashdagi xizmatlari uchun beriladi[1][2][3][4].
Tavsifi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ko‘krak nishoni 0,25 mikron qalinlikda tilla qoplangan 925 probali kumushdan tayyorlanib, diametri 34 millimetrli doira shaklida bo‘ladi. Nishonning qalinligi 2,2 millimetr. Nishonning hoshiyalangan tekis yuz tomonida yadro atrofidagi elektronlar trayektoriyasi, pastki o‘ng chekkasida dafna novda tasvirlangan. Nishonning chap qismidan “FAN ARBOBI” degan yozuv gorizontal holatda joy olgan.
Ko‘krak nishoni ichki qismiga O‘zbekiston Respublikasing Davlat bayrog‘i ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadag‘ichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi.
Mukofot sohiblari[tahrir | manbasini tahrirlash]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ O‘zbekiston Respublikasining faxriy unvonlarini ta’sis etish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi qonuni, 26.04.1996 yildagi 226-I-son
- ↑ Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining oʻttiz yilligi munosabati bilan fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash, sport, adabiyot, madaniyat, sanʼat sohalari va ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 24.08.2021
- ↑ Davlat mukofoti sovrindorlari e’lon qilindi (to‘liq ro‘yxat)
- ↑ Davlat mukofoti sovrindorlari e’lon qilindi (to‘liq ro‘yxat)