Xalq taʼlimi fidoyisi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish
„Xalq taʼlimi fidoyisi“ koʻkrak nishoni
Xalq taʼlimi fidoyisi.jpg
Mamlakat Oʻzbekiston Oʻzbekiston
Turi koʻkrak nishoni
KimgaTopshiriladi Oʻzbekiston va xorijiy fuqarolarga
Taqdirlash asosi xalq taʼlimi sohasida barkamol avlodni voyaga yetkazish, yoshlarni vatanparvarlik va istiqlol gʻoyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash borasida fidokorona mehnat qilgan hamda soha rivojiga munosib hissa qoʻshgan fuqarolar taqdirlanadi.
Holati topshiriladi
Statistika
Taʼsis sanasi 2018-yil 8-dekabr.

„Xalq taʼlimi fidoyisi“ koʻkrak nishoni bilan xalq taʼlimi sohasida barkamol avlodni voyaga yetkazish, yoshlarni vatanparvarlik va istiqlol gʻoyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash borasida fidokorona mehnat qilgan hamda soha rivojiga munosib hissa qoʻshgan fuqarolar taqdirlanadi[1][2].

Tavsifi[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • „Xalq taʼlimi fidoyisi“ koʻkrak nishonining diametri 34 millimetrli doira shaklida boʻlib, mis qotishmasidan tayyorlanadi. Koʻkrak nishonining old tomoni pastki qismida ochiq holatdagi kitob oq rangda, undan yuqori qismida quyosh nurlari zarhal rangda tasvirlangan.
  • Koʻkrak nishonining yuqori qismida aylana boʻylab „XALQ TAʼLIMI FIDOYISI“ degan soʻzlar yozilgan. Yozuv zarhal rangda boʻlib, harflarning balandligi 6 millimetrni tashkil etadi. Medalning pastki qismida aylana boʻylab ikkita zaytun novdasi joylashgan. Soʻzlar va zaytun novdalari orasida boʻrtma shakldagi uchta nuqta joylashgan.
  • Koʻkrak nishonining orqa tomoni markazida toʻrt qatorda „XALQ TAʼLIMI“, „TIZIMI SOHASI RIVOJIGA“, „QOʻSHGAN“, „HISSASI UCHUN“ soʻzlari yozilgan. Harflarning balandligi 4 millimetr. Koʻkrak nishonining qalinligi 2,2 millimetr. Tasvirlar va yozuvlar qavariqdir.
  • Koʻkrak nishoni old va orqa tomonlarining chetlari qavariq doira bilan oʻralgan. Koʻkrak nishoni halqa va ilmoqchalar yordamida toʻgʻri toʻrtburchak shaklidagi qadagʻichga ulangan. Esdalik nishoni ilgakchalar va halqacha yordamida toʻgʻri toʻrtburchak shaklidagi qadagʻich bilan tutashtirilgan.
  • Qadagʻich Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi ranglaridagi, eni 22 millimetrli shoyi lenta bilan qoplangan. Qadagʻichning boʻyi — 17 millimetr, eni — 26 millimetr. Qadagʻichning orqa tomoniga esdalik nishonini kiyimga taqib qoʻyish uchun toʻgʻnogʻich koʻrinishidagi moslama oʻrnatilgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]