Mehr-saxovat

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
„Mehr-saxovat“ koʻkrak nishoni
Mamlakat Oʻzbekiston Oʻzbekiston
Turi koʻkrak nishoni
Kimga topshiriladi Oʻzbekiston fuqarolariga
Taqdirlash asosi jamiyatimizda tinchlik-osoyishtalik, birlik va hamjihatlik muhitini mustahkamlashda faol ishtirok etib, begʻaraz homiylik yordami hamda ezgu ishlari bilan koʻpchilikka alohida oʻrnak boʻlayotgan yurtdoshlarimiz taqdirlanadilar.
Holati topshiriladi
Statistika
Taʼsis sanasi 2020-yil 26-may.

„Mehr-saxovat“ koʻkrak nishoni — jahon miqyosida keng tarqalib, global muammoga aylangan koronavirus pandemiyasi davrida, shuningdek, turli tabiiy ofatlar, favqulodda holatlar tufayli el-yurtimiz boshiga tushgan sinovli kunlarda mavjud xavf-xatarlarga qarshi kurashda, ularning oqibatlarini bartaraf etishda mardlik va jasorat namunasini koʻrsatgan, milliy qadriyat va anʼanalarimizni munosib davom ettirib, mehr-oqibat, saxovat, himmat va oliyjanoblik fazilatlarini ulugʻlab kelayotgan, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash va ularga beminnat koʻmak berish borasidagi ishlarni umumxalq harakati darajasiga koʻtarishga katta hissa qoʻshgan, jamiyatimizda tinchlik-osoyishtalik, birlik va hamjihatlik muhitini mustahkamlashda faol ishtirok etib, begʻaraz homiylik yordami hamda ezgu ishlari bilan koʻpchilikka alohida oʻrnak boʻlayotgan yurtdoshlarimizni taqdirlash maqsadida taʼsis etilgan[1].

Tavsifi[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • „Mehr-saxovat“ koʻkrak nishoni 0,25 mikron qalinlikda oltin qoplangan mis qotishmasidan tayyorlanadi va diametri 34 millimetrli doira shaklida boʻladi.
  • Koʻkrak nishonining markazida koʻtarilayotgan quyosh nurlari fonida gʻamxoʻrlik bilan quchib turilgan insonlarning ramziy tasviri aks ettirilgan. Koʻkrak nishonining aylanasi boʻylab, yuqori qismida oq emal fonida „MEHR-SAXOVAT“ yozuvi va quyi qismida ikkita dafna novdasi joylashgan. Harflar balandligi — 2,2 millimetr.
  • Koʻkrak nishonining orqa tomonida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasvirlangan. Koʻkrak nishonining qalinligi — 3 millimetr. Yozuv va tasvirlar — boʻrtma. Koʻkrak nishonining old va orqa tomonlarining chetlari qabariq doira bilan oʻralgan.
  • Koʻkrak nishoni ilmoq va halqa yordamida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi ranglaridagi shoyi lenta qoplangan besh qirrali qadagʻichga ulangan. Qadagʻichning orqa tomoniga koʻkrak nishonini kiyimga taqib qoʻyish uchun toʻgʻnogʻich koʻrinishidagi moslama oʻrnatilgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. [“Mehr-saxovat” koʻkrak nishonini ta’sis etish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 26.05.2020-yildagi PF-5999-son]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]