„Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sanoat xodimi“ faxriy unvoni — sanoat birlashmalari va korxonalarining, ilmiy-tadqiqot va loyiha-konstruktorlik muassasalarining respublika sanoatini rivojlantirishda alohida xizmat koʻrsatgan xodimlariga beriladi[1][2][3][4].
Koʻkrak nishoni diametri 30 millimetrli doira shaklida boʻladi va 925 probali kumushdan tayyorlanadi. Nishonning qalinligi 2,2 millimetr.
Nishonning hoshiyalangan tekis yuz tomonida sanoat obyektlari, pastki oʻng chekkasida dafna novdasi tasvirlangan. Nishonning aylanasi boʻylab „XIZMAT KOʻRSATGAN SANOAT XODIMI“ degan yozuv joy olgan.
Nishonning orqa tomonida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan. Tasvirlar va yozuv qabariq.
Koʻkrak nishoni ichki qismiga Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadagʻichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi.