Madaniyat va sanʼat fidokori koʻkrak nishoni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Madaniyat va sanʼat fidokoridan yoʻnaltirildi)
„Madaniyat va sanʼat fidokori“ faxriy unvoni
MADANIYAT.jpg
Mamlakat Oʻzbekiston Oʻzbekiston
Turi koʻkrak nishoni
KimgaTopshiriladi Oʻzbekiston va xorijiy fuqarolariga
Taqdirlash asosi mamlakatimizda madaniyat va san’at sohasini rivojlantirish, oʻzbek milliy madaniyati va san’ati nufuzini jahon miqyosida oshirish, yosh iste’dod egalarining qobiliyati va salohiyatini roʻyobga chiqarish borasida fidokorona mehnat qilgan va yuqori natijalarga erishgan fuqarolar taqdirlanadi.
Holati topshiriladi
Statistika
Taʼsis sanasi 2019-yil 20-mart.

„Madaniyat va sanʼat fidokori“ koʻkrak nishoni — mamlakatimizda madaniyat va san’at sohasini rivojlantirish, oʻzbek milliy madaniyati va san’ati nufuzini jahon miqyosida oshirish, yosh iste’dod egalarining qobiliyati va salohiyatini roʻyobga chiqarish borasida fidokorona mehnat qilgan va yuqori natijalarga erishgan fuqarolarni ragʻbatlantirish[1][2].

Koʻkrak nishoni, istisno tariqasida, jahon miqyosidagi nufuzli koʻrik-tanlov va festivallarda yuqori oʻrinlarni egallagan, oʻzbek milliy madaniyati va san’atini dunyo sahnalarida muvaffaqiyatli namoyish etib kelayotgan yoshlarga, soha mutaxassislariga hamda madaniyat va san’at namoyandalariga, shuningdek, oʻzining koʻp yillik samarali mehnati bilan soha rivojiga munosib hissa qoʻshgan faxriy xodimlarning yubiley va tavallud kunlari munosabati bilan vazirlik buyrugʻiga asosan alohida muddatlarda ham topshirilishi mumkin[3].

Tavsifi[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • „Madaniyat va sanʼat fidokori“ koʻkrak nishoni (keyingi oʻrinlarda koʻkrak nishoni deb ataladi) diametri 34 millimetrli doira shaklida boʻlib, mis qotishmasidan tayyorlanadi. Koʻkrak nishonining old tomoni markazida ochiq holatdagi kitob fonida — teatr sanʼati niqoblari, kinotasma, musiqani anglatuvchi lira cholgʻusi, ijodkorlik timsoli boʻlgan moʻyqalam va siyohli ruchka tasvirlangan.
  • Koʻkrak nishonining aylanasi boʻylab zarhal hoshiya bilan oʻralgan oq emalli doirada balandligi 6 millimetr boʻlgan „MADANIYAT VA SANʼAT FIDOKORI“ soʻzlari yozilgan.
  • Koʻkrak nishonining orqa tomoni markazida besh qatorda harflarning balandligi 2 millimetr boʻlgan „MADANIYAT VA“, „SANʼAT RIVOJIGA“, „QOʻSNGAN“, „MUNOSIB NISSASI“, „UCNUN“ soʻzlari joylashgan. Koʻkrak nishonining qalinligi — 2,2 millimetr. Tasvirlar va yozuvlar qavariqdir.
  • Koʻkrak nishoni old va orqa tomonlarining chetlari qavariq doira bilan oʻralgan. Koʻkrak nishoni halqa va ilmoqchalar yordamida toʻgʻri toʻrtburchak shaklidagi qadagʻichga ulangan. Qadagʻichning eni — 26 millimetr, boʻyi — 17 millimetrdan iborat. Qadagʻich eni 22 millimetrli koʻk va och koʻk rangli shoyi lenta bilan qoplangan. Lentaning ikki yonidagi koʻk rangdan eni 1 millimetrli ikkita oq rangli yoʻl, shuningdek, lentaning oʻrtasidagi och koʻk rangdan eni 1,6 millimetrli ikkita oq rangli yoʻl vertikal holatda oʻtgan.
  • Qadagʻichning orqa tomoniga koʻkrak nishonini kiyimga taqib qoʻyish uchun toʻgʻnogʻich koʻrinishidagi moslama oʻrnatilgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]