Namunali tomorqachi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
„Namunali tomorqachi“ koʻkrak nishoni
Mamlakat Oʻzbekiston Oʻzbekiston
Turi koʻkrak nishoni
Kimga topshiriladi Oʻzbekiston fuqarolari
Taqdirlash asosi shaxsiy tomorqa yer uchastkalaridan samarali va oqilona foydalanib, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishda yuksak natijalarga erishayotgan hamda jamoat ishlaridagi faolligi bilan aholi oʻrtasida alohida hurmatga sazovor boʻlgan ilgʻor tomorqa yer egalari taqdirlanadilar.
Holati topshiriladi
Statistika
Taʼsis sanasi 2018-yil 26-iyun.

„Namunali tomorqachi“ koʻkrak nishoni — shaxsiy tomorqa yer uchastkalaridan samarali va oqilona foydalanib, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishda yuksak natijalarga erishayotgan, sohaga zamonaviy innovatsion texnologiyalarni joriy etgan holda ekologik va organik toza, arzon va sifatli mahsulotlarni yetishtirish va ichki bozorni ular bilan barqaror taʼminlash, yangi serhosil navlarni koʻpaytirish ishlariga munosib hissa qoʻshayotgan, dehqonchilik madaniyati va sir-asrorlarini puxta egallagan, shuningdek, jamoat ishlaridagi faolligi bilan aholi oʻrtasida alohida hurmatga sazovor boʻlgan ilgʻor tomorqa yer egalari taqdirlanadilar[1][2].

Tavsifi[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • „Namunali tomorqachi“ koʻkrak nishoni 38x49 millimetr oʻlchamdagi oval shaklida boʻlib, mis qotishmasidan tayyorlanadi. Koʻkrak nishonining chetki yon tomonlarida yashil rangli emal fonida dasturxonlarimiz toʻkin-sochinligini ifoda etuvchi timsollar aks ettirilgan boʻlib, uning chap yon tomonida uzum shingillari, oʻng yon tomonida esa oʻrik mevalari tilla rangda, oʻrtasidan chambar hoshiya oʻtgan holda tasvirlangan.
  • Koʻkrak nishonining markazida, oldingi planda saxovatli zaminimiz tuhfasi boʻlgan, mevalar bilan toʻldirilgan och yashil rangdagi savat tasviri aks ettirilgan. Uning ortida relyef shaklidagi quyosh nurlari fonida yashil rangli emaldan ishlangan mevali daraxtlar va ekin maydoni hamda tomorqa egasining daromad manbalaridan biri boʻlgan chorva hayvonlari va uy tasviri ifodalangan.
  • Koʻkrak nishonining yuqori qismida yangilanish, yuksalish va yaratuvchilik kabi maʼnolarni anglatuvchi toʻq qizil rangli sakkiz qirrali yulduz joylashgan boʻlib, uning chetlari zarhal hoshiya bilan oʻralgan.
  • Koʻkrak nishonining pastki qismida toʻq qizil rangli shakldor lenta tasvirlangan boʻlib, lenta ichida ikki qatorda, tilla rangda, harflarning balandligi 2 millimetr boʻlgan „NAMUNALI TOMORQACHI“ yozuvi joylashgan. Lentaning pastki qismida, markazda yashil rangli fonda toʻrtta tilla rangli gulbarg tasviri aks ettirilgan.
  • Koʻkrak nishonining orqa tomoniga kiyimga taqib qoʻyish uchun toʻgʻnogʻich koʻrinishidagi moslama oʻrnatilgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]