Ziyovuddinxon ibn Eshon Boboxon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Ziyovuddinxon ibn Eshon Boboxon
Bayroq
2-й Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston musulmonlari diniy boshqarmasi raisi
1957dan — 1982
Oʻtmishdoshi: Eshon Boboxon ibn Abdulmajidxon
Vorisi: Shamsiddinxon Boboxonov
 
Dini: Islom, Naqshbandiya
Tavalludi: 8-yanvar 1908-yil(1908-01-08)
Toshkent sh., Sirdaryo viloyati, Rossiya imperiyasi
Vafoti: 23-dekabr 1982-yil(1982-12-23)
(74 yoshda)
Toshkent, Oʻzbek SSJ, SSRI
Dafn etilgan: Qaffol Shoshiy maqbarasi
Otasi: Eshon Boboxon ibn Abdulmajidxon
Onasi: Salomatxon
Bolalari: Shamsiddinxon Boboxonov

Ziyovuddinxon ibn Eshon Boboxon (1908.10.1 — Toshkent — 1982.22.12) — muftiy, din va jamoat arbobi. Dastlab otasi Eshon Boboxon ibn Abdumajidxon qoʻlida, soʻngra Toshkentdagi Baroqxon, Koʻkaldosh madrasalarida tahsil koʻrgan (1923— 31). Qohiradagi al-Azhar dorilfununini tugatgan, Makka, Madina shaharlariga ilmiy safarlar qilgan (1947). Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston musulmonlari diniy boshqarmasi tashkiliy qoʻmitasida bosh kotib (1942), boshqarma raisining oʻrinbosari (19431957), raisi (19571982). Toshkent Islom institutini tashkil etdi (1969) va unga bevosita rahbarlik qildi. Uning saʼy-harakati bilan Buxoroda Mir Arab madrasasi faoliyati qayta tiklandi (1945). Sobiq Sovet Ittifoqi va bir qancha musulmon mamlakatlarida oʻtkazilgan yirik xalqaro diniy anjumanlarning tashkilotchisi yoki faol ishtirokchisi sifatida turli xalqlar va dinlar oʻrtasida hamkorlik oʻrnatilishiga harakat qildi. Masjidlar boʻyicha Butunjahon oliy kengashi aʼzosi etib saylandi (Makka, 1976). Ziyovuddinxon diniy merosni keng targʻib va tashviq qilishdan tashqari ilmiy, adabiy faoliyat bilan ham shugʻullangan. Ibn Sinoning gigiyenaga oid kitobini oʻzbek va rus tillariga oʻgirgan[1]. Ziyovuddinxonning "Diyorimizda islom va musulmonlar" asari (1979, rus tilida)da islom dinining mohiyati ochib berilgan, islom barcha zamon va xalklar uchun salohiyatli din ekanligi, uning tamoyillari hamma yaxshi niyatli kishilarning orzuumidlari bilan hamohang ekanligi koʻrsatilgan. Futuhiy taxallusi bilan sheʼrlar ham bitgan. Ziyovuddinxon xalqlar oʻrtasida tinchlikni saqlash, yer yuzida doʻstlik va hamjihatlikni mustahkamlash ishiga katta hissa qoʻshganligi uchun Iordaniya, Suriya, Marokash va MAPning oliy ordenlari bilan takdirlangan. 1998 y. tavalludining 90 y. ligiga bagʻishlab Toshkentda xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazildi. Toshkentdagi Qaffol Shoshiy qabrlar majmuasida otalari Eshon Boboxon yoniga dafn etilgan.

Hayot faoliyati[tahrir]

1948-yilda diniy boshqarma raisining oʻrinbosari, 1957-yilda — Eshon Boboxon vafotidan keyin Markaziy Osiyo va Qozogʻiston musulmonlari diniy boshqarmasining raisi etib saylangan[2].

Adabiyot[tahrir]

  • Boboxonov Sh., Soʻnmas ziyo, T., 1998;
  • Babaxanov Sh., Muftiy Ziyauddinxan ibn Eshon Babaxan, T., 1999;
  • Boboxonov Sh., Shayx Ziyovuddinxon ibn Eshon Boboxon (Maʼnaviyat va ibrat maktabi), T., 2001.

Manbalar[tahrir]

  1. Abu Ali ibn Sina, Traktat po gigiyene, T., 1982
  2. Oʻzbek imomlari