Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan paxtakor

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
„Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan paxtakor“ faxriy unvoni
Oʻzbekiston xizmat koʻrsatgan paxtakor.jpg
Mamlakat Oʻzbekiston Oʻzbekiston
Turi faxriy unvon
KimgaTopshiriladi Oʻzbekiston fuqarolariga va boshqa shaxslarga
Taqdirlash asosi shaxsiy va boshqa turdagi xoʻjaliklarning, korxonalarning, oʻquv yurtlari, ilmiy-tadqiqot va tajriba muassasalarining pillachilikni rivojlantirishda alohida xizmat koʻrsatgan xodimlariga, shuningdek boshqa shaxslarga
Holati topshiriladi
Statistika
Taʼsis sanasi 1996-yil 26-aprel.

"Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan paxtakor" faxriy unvoni — jamoa, aksiyadorlik, dehqon, ijara, shaxsiy va boshqa turdagi xoʻjaliklarning, korxonalarning, oʻquv yurtlari, ilmiy-tadqiqot va tajriba muassasalarining pillachilikni rivojlantirishda alohida xizmat koʻrsatgan xodimlariga, shuningdek boshqa shaxslarga beriladi[1][2][3][4].

Tavsifi[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Koʻkrak nishoni diametri 30 millimetrli doira shaklida boʻladi va 925 probali kumushdan tayyorlanadi. Nishonning qalinligi 2,2 millimetr.
  • Nishonning hoshiyalangan tekis yuz tomonida oʻrtaroqda kaftlar eʼzozida paxta chanogʻi, pastki oʻng chekkasida dafna novdasi tasvirlangan. Nishonning aylanasi boʻylab „XIZMAT KOʻRSATGAN RAXTAKOR“ degan yozuv joy olgan.
  • Nishonning orqa tomonida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan. Tasvirlar va yozuv qabariq.
  • Koʻkrak nishoni ichki qismiga Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadagʻichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]