Oʻzbekiston Konstitutsiyasiga 25 yil

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
„Oʻzbekiston Konstitutsiyasiga 25 yil“ esdalik nishoni
Mamlakat Oʻzbekiston Oʻzbekiston
Turi esdalik nishon
Kimga topshiriladi Oʻzbekiston Respublikasi va xorijiy fuqarolarga
Taqdirlash asosi Asosiy Qonunimizning hayotimizdagi oʻrni va ahamiyatini keng targʻib etish, yosh avlodni qonunga hurmat, Vatanga mehr va sadoqat ruhida tarbiyalash ishlariga munosib hissa qoʻshib kelayotgan barcha soha vakillari boshqa shaxslar taqdirlanadi
Holati topshiriladi
Statistika
Taʼsis sanasi 2017-yil 10-oktabr.

„Oʻzbekiston Konstitutsiyasiga 25 yil“ esdalik nishoni bilan mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlash, uning iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, ilmiy, maʼnaviy salohiyatini va mudofaa qudratini yuksaltirish, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish, davlatimiz sarhadlarining daxlsizligini taʼminlash, jamiyatimizda hukm surayotgan tinchlik va barqarorlikni, millatlararo doʻstlik va totuvlikni asrash, Asosiy Qonunimizning hayotimizdagi oʻrni va ahamiyatini keng targʻib etish, yosh avlodni qonunga hurmat, Vatanga mehr va sadoqat ruhida tarbiyalash ishlariga munosib hissa qoʻshib kelayotgan barcha soha vakillari, mehnat faxriylari, harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari hamda boshqa shaxslar taqdirlanadi[1][2][3][4].

Tavsifi[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • „Oʻzbekiston Konstitutsiyasiga 25 yil“ esdalik nishoni 0,25 mikron qalinlikdagi oltin bilan qoplangan mis qotishmasidan tayyorlanadi va diametri 34 millimetrli doira shaklida boʻladi. Esdalik nishonining qalinligi — 2,2 millimetr.
  • Esdalik nishonining old tomoni markazida oq emaldan ishlangan sakkiz qirrali yulduz tasvirlangan. Yulduz markazida, taralayotgan quyosh nurlari fonida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻining rangli emaldan ishlangan hilpirab turgan tasviri aks etgan. Yulduzning tepa qismida balandligi 3,5 millimetr boʻlgan „25“ yozuvi, pastki qismida esa balandligi 2,5 millimetrli „YIL“ yozuvi joylashgan. Esdalik nishonining pastki qismida, sakkiz qirrali yulduz ostida moviy rangdagi emaldan ishlangan ochilgan holatdagi kitob — Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi tasviri aks ettirilgan. Yozuvlar zarhal rangda.
  • Esdalik nishonining aylanasi boʻylab oq emalli doirada „OʻZBEKISTON KONSTITUTSIYASIGA“ soʻzlari yozilgan. Pastki qismida, markazda ikkita sakkiz qirrali yulduz oraligʻida bir-biriga tutashtirilgan holatdagi ikkita zaytun novdasi tasvirlangan. Yozuvlar va tasvirlar zarhal rangda boʻlib, harflarning balandligi 2 millimetrni tashkil etadi.
  • Esdalik nishonining orqa tomonida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasvirlangan boʻlib, pastki qismida, markazda „2017“ yozuvi joylashgan. Tasvirlar va yozuvlar qabariqdir. Esdalik nishonining old va orqa tomonlarining chetlari qabariq doira bilan oʻralgan.
  • Esdalik nishoni shoyi lenta bilan qoplangan toʻgʻri toʻrtburchak shaklidagi qadagʻichga ilgakchalar va halqacha yordamida ulangan. Shoyi lentaning oʻrtasidan eni 7 millimetrli yashil rangli yoʻl, uning ikki chetidan esa sariq rangli ensiz chiziqlar bilan hoshiyalangan eni 2,5 millimetrli ikkita oq rangli yoʻl oʻtgan. Shoyi lentaning chekka qismlari boʻylab eni 2,5 millimetr boʻlgan moviy rangli yoʻllar oʻtgan.
  • Qadagʻichning boʻyi — 16 millimetr, eni — 25 millimetr. Qadagʻichning orqa tomoniga esdalik nishonini kiyimga taqib qoʻyish uchun toʻgʻnogʻich koʻrinishidagi moslama oʻrnatilgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]