Mehnatkash dehqon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
„Mehnatkash dehqon“ ko'krak nishoni
Mamlakat Oʻzbekiston Oʻzbekiston
Turi koʻkrak nishoni
Kimga topshiriladi Oʻzbekiston fuqarolariga
Taqdirlash asosi respublikada qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqarishda yuksak natijalarga erishayotgan, aholiga arzon va sifatli mahsulotlarni yetkazib berish, ularni belgilangan sifat standartlari talablari asosida saqlash va eksport qilish ishlariga munosib hissa qoʻshib kelayotgan, ekin maydonlari unumdorligini oshirish borasida salmoqli ishlarni amalga oshirayotgan dehqon xoʻjaliklari rahbarlari, aʼzolari, mirishkor dehqonlar va boshqa qishloq xoʻjaligi sohasi xodimlari
Holati topshiriladi
Statistika
Taʼsis sanasi 2018-yil 26-iyun.

„Mehnatkash dehqon“ koʻkrak nishoni bilan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqarishda yuksak natijalarga erishayotgan, zarur agrotexnik tadbirlarga rioya etgan holda ajratilgan yer uchastkalaridan samarali va oqilona foydalanib, aholiga arzon va sifatli mahsulotlarni yetkazib berish, ularni belgilangan sifat standartlari talablari asosida saqlash va eksport qilish ishlariga munosib hissa qoʻshib kelayotgan, ilgʻor mahalliy va xorijiy tajribalarni puxta oʻzlashtirib, zamonaviy innovatsion texnologiyalarni amaliyotga joriy etayotgan, ekin maydonlari unumdorligini oshirish borasida salmoqli ishlarni amalga oshirayotgan dehqon xoʻjaliklari rahbarlari, aʼzolari, mirishkor dehqonlar va boshqa qishloq xoʻjaligi sohasi xodimlari taqdirlanadilar[1][2].

Tavsifi[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • „Mehnatkash dehqon“ koʻkrak nishoni 38x49 millimetr oʻlchamdagi oval shaklida boʻlib, mis qotishmasidan tayyorlanadi. Koʻkrak nishonining chetki yon tomonlarida yashil rangli emal fonida dasturxonlarimiz toʻkin-sochinligini ifoda etuvchi timsollar aks ettirilgan boʻlib, uning chap yon tomonida uzum shingillari, oʻng yon tomonida esa oʻrik mevalari tilla rangda, oʻrtasidan chambar hoshiya oʻtgan holda tasvirlangan.
  • Koʻkrak nishonining markazida relyef shaklida ishlangan quyosh nurlari fonida yashil rangdagi emaldan ishlangan yosh navnihol hamda har bir niholni koʻz qorachigʻidek asrab-avaylovchi mirishkor dehqonning mashaqqatli va sharafli mehnatini ifoda etuvchi kaft tasviri joylashgan.
  • Koʻkrak nishonining yuqori qismida yangilanish, yuksalish va yaratuvchilik kabi maʼnolarni anglatuvchi koʻk rangli sakkiz qirrali yulduz joylashgan boʻlib, uning chetlari zarhal hoshiya bilan oʻralgan.
  • Koʻkrak nishonining pastki qismida koʻk rangli shakldor lenta tasvirlangan boʻlib, lenta ichida ikki qatorda, tilla rangda, harflarning balandligi 2,2 millimetr boʻlgan „MEHNATKASH DENQON“ yozuvi joylashgan. Lentaning pastki qismida, markazda yashil rangli fonda toʻrtta tilla rangli gulbarg tasviri aks ettirilgan. Koʻkrak nishonining orqa tomoniga kiyimga taqib qoʻyish uchun toʻgʻnogʻich koʻrinishidagi moslama oʻrnatilgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]