Kontent qismiga oʻtish

Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan jurnalist

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan jurnalist
Turi faxriy unvon
Mamlakat Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Holati topshiriladi
Taʼsis etilgan sanasi 26.04.1996

Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan jurnalist – Oʻzbekiston Respublikasining faxriy unvoni. Gazeta va jurnallar tahririyatlarining, televidenie va radio eshittirish, axborot agentliklarining matbuotni rivojlantirishda katta xizmat, ijodda va tashkilotchilik faoliyatida alohida oʻrnak koʻrsatgan jurnalistlariga, nashriyotlar, boshqa tashkilotlarning ana shunday xodimlariga beriladi[1][2][3][4][5][6][7][8][9][10][11].

Diametri 30 millimetrli doira shaklida boʻladi va 925 probali kumushdan tayyorlanadi. Qalinligi 2,2 millimetr. Hoshiyalangan tekis yuz tomonida avtoruchka va bloknot, pastki oʻng chekkasida dafna novdasi tasvirlangan. Aylanasi boʻylab XIZMAT KOʻRSATGAN JURNALIST degan yozuv joy olgan. Orqa tomonida Oʻzbekiston gerbi tasvirlangan. Tasvirlar va yozuv qabariq. Ichki qismiga Oʻzbekiston bayrogʻi ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadagʻichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi.