Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
„Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi“ faxriy unvoni
Mamlakat Oʻzbekiston Oʻzbekiston
Turi faxriy unvon
Kimga topshiriladi Oʻzbekiston fuqarolariga
Taqdirlash asosi yuksak vatanparvarlik va axloqiy fazilatlarni tarbiyalashda alohida xizmat koʻrsatgan xalq xoʻjaligi xodimlari va mutaxassislariga
Holati topshiriladi
Statistika
Taʼsis sanasi 1996-yil 26-aprel.

„Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi“ — faxriy unvoni yoshlarga kasb mahoratini oʻrgatishda, mehnatga halol va vijdonan munosabatni, yuksak vatanparvarlik va axloqiy fazilatlarni tarbiyalashda alohida xizmat koʻrsatgan xalq xoʻjaligi xodimlari va mutaxassislariga beriladi[1][2][3][4].

Tavsifi[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Koʻkrak nishoni diametri 30 millimetrli doira shaklida boʻladi va 925 probali kumushdan tayyorlanadi. Nishonning qalinligi 2,2 millimetr.
  • Nishonning hoshiyalangan tekis yuz tomoni oʻrtarogʻida kaftlar eʼzozidagi, ochila boshlagan gul gʻunchasi, pastki oʻng chekkasida dafna novdasi tasvirlangan. Nishonning aylanasi boʻylab „XIZMAT KOʻRSATGAN YOSHLAR MURABBIYSI“ degan yozuv joy olgan.
  • Nishonning orqa tomonida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan. Tasvirlar va yozuv qabariq.
  • Koʻkrak nishoni ichki qismiga Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadagʻichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi.

Mukofot sohiblari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]