Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar aʼlochisi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining „Ma’naviy-ma’rifiy ishlar a’lochisi“ koʻkrak nishoni
Mamlakat Oʻzbekiston Oʻzbekiston
Turi koʻkrak nishon
Kimga topshiriladi Oʻzbekiston va xorijiy fuqarolariga
Taqdirlash asosi Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimida maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirishga munosib hissa qoʻshgan harbiy xizmatchilar va fuqarolar taqdirlanadi.
Holati topshiriladi
Statistika
Taʼsis sanasi 2018-yil 15-dekabr.

„Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar aʼlochisi“ koʻkrak nishoni bilan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimida maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirishga munosib hissa qoʻshgan harbiy xizmatchilar va fuqarolar taqdirlanadi[1][2].

Tavsifi[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining „Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar aʼlochisi“ koʻkrak nishonining (keyingi oʻrinlarda koʻkrak nishoni deb ataladi) diametri 34 millimetrli doira shaklida boʻlib, mis qotishmasidan tayyorlanadi.
  • Koʻkrak nishonining old tomonida sakkiz qirrali yulduzga kitob orqali taralayotgan nur tasvirlangan, yaʼni maʼnaviyat nurlarining Qurolli Kuchlarga taralayotgan foni aks ettirilgan. Kitobning pastki qismida harflarining balandligi 1,3 millimetr boʻlgan „OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QUROLLI KUCHLARI“ soʻzlari yozilgan.
  • Koʻkrak nishonining aylanasi boʻylab zarhal hoshiya bilan oʻralgan oq rangdagi emal doira ichida „MAʻNAVIY-MAʻRIFIY ISHLAR AʻLOCHISI“ soʻzlari yozilgan. Harflarning balandligi 2,3 millimetr, yozuvlar zarhallangan. Uning pastki qismi markazida faxr-iftixor va sharaf maʼnolarini ifoda etuvchi dafna yaproqlari tasvirlangan.
  • Koʻkrak nishonining orqa tomoni markazida olti qatorda harflarning balandligi 2 millimetr boʻlgan „Harbiy xizmatchilar va yoshlarning tarbiyasiga qoʻshgan munosib hissasi uchun“ soʻzlari yozilgan.
  • Koʻkrak nishonining qalinligi 2,2 millimetr. Tasvirlar va yozuvlar qabariqdir. Koʻkrak nishonining old va orqa tomonlarining chetlari qabariq doira bilan oʻralgan. Koʻkrak nishoni shoyi lenta bilan qoplangan besh qirrali qadagʻichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi.
  • Shoyi lentaning eni 24 millimetr. Matoning oʻrtasidan eni 4 millimetrli koʻk rang yoʻl oʻtgan. Uning ikki yonidan eni 1 millimetrli oq yoʻllar joy olgan. Oq yoʻllarning yonidan eni 2 millimetrli koʻk rang yoʻllar va eni 5 millimetrli yashil rang yoʻllar oʻtgan. Matoning chekkalaridan eni 2 millimetrli koʻk rang yoʻllar oʻtgan. Qadagʻichning boʻyi 48 millimetr, eni 45 millimetr. Qadagʻichning orqa tomoniga koʻkrak nishonini kiyimga taqib qoʻyish uchun toʻgʻnogʻich koʻrinishidagi moslama oʻrnatilgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]