Mahalla iftixori

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish
„Mahalla iftixori“ koʻkrak nishoni
Gordost mahalli.jpg
Mamlakat Oʻzbekiston Oʻzbekiston
Turi koʻkrak nishoni
KimgaTopshiriladi Oʻzbekiston va xorijiy fuqarolar
Taqdirlash asosi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining oʻrni va rolini kuchaytirish, joylarda ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash, millatlararo doʻstlik va hamjihatlikni mustahkamlash, yosh avlodni ona Vatanga muhabbat va istiqlol gʻoyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash tashabbuskor fuqarolar va jamoatchilik tuzilmalari vakillari taqdirlanadilar.
Holati topshiriladi
Statistika
Taʼsis sanasi 2017-yil 13-iyul.

„Mahalla iftixori“ koʻkrak nishoni — jamiyatimizda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining oʻrni va rolini kuchaytirish, joylarda ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash, millatlararo doʻstlik va hamjihatlikni mustahkamlash, yosh avlodni ona Vatanga muhabbat va istiqlol gʻoyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash, aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, keng qamrovli profilaktika tadbirlari va jamoatchilik nazoratini amalga oshirish, mahalla fuqarolar yigʻinlarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish ishlariga munosib hissa qoʻshib kelayotgan faol, tashabbuskor fuqarolar va jamoatchilik tuzilmalari vakillarini taqdirlash maqsadida ta'sis etilgan[1][2][3].

Tavsifi[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • „Mahalla iftixori“ koʻkrak nishoni diametri 34 millimetrli doira shaklida boʻlib, mis qotishmasidan tayyorlanadi. Koʻkrak nishonining old tomoni yuqori qismida Oʻzbekiston Respublikasining xaritasi, uning ostida mahallaning ramziy darvozasini ifodalovchi arka tasviri koʻtarilayotgan quyosh nurlari fonida aks ettirilgan.
  • Koʻkrak nishonining aylanasi boʻylab zarhal hoshiya bilan oʻralgan koʻk rangdagi emal doira ichida „MAHALLA IFTIXORI“ soʻzlari yozilgan. Harflarning balandligi 2,3 millimetr, yozuvlar zarhallangan. Uning pastki qismi markazida ikkita sakkiz qirrali yulduz oraligʻida faxr-iftixor va sharaf ma’nolarini ifoda etuvchi dafna yaproqlari tasvirlangan.
  • Koʻkrak nishonining orqa tomoni markazida besh qatorda harflarning balandligi 2 millimetr boʻlgan „MAHALLA“, „TIZIMI RIVOJIGA“, „QOʻSHGAN“, „MUNOSIB HISSASI“, „UCHUN“ soʻzlari yozilgan. Koʻkrak nishonining qalinligi 2,2 millimetr. Tasvirlar va yozuvlar qabariqdir.
  • Koʻkrak nishonining old va orqa tomonlarining chetlari qabariq doira bilan oʻralgan. Koʻkrak nishoni ilgakchalar va halqacha yordamida toʻgʻri toʻrtburchak shaklidagi qadagʻichga ulangan. Qadagʻichning eni — 26 millimetr, boʻyi — 17 millimetrdan iborat. Qadagʻich eni 22 millimetrli shoyi lenta bilan qoplangan boʻlib, lentaning oʻrtasidan eni 8 millimetrli oq rangli yoʻl, ikki chetidan esa har birining eni 7 millimetr boʻlgan yashil rangli yoʻl oʻtgan. Qadagʻichning orqa tomoniga koʻkrak nishonini kiyimga taqib qoʻyish uchun toʻgʻnogʻich koʻrinishidagi moslama oʻrnatilgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]