Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sogʻliqni saqlash xodimi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
„Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sogʻliqni saqlash xodimi“ faxriy unvoni
Mamlakat Oʻzbekiston Oʻzbekiston
Turi faxriy unvon
Kimga topshiriladi Oʻzbekiston fuqarolariga
Taqdirlash asosi sogʻliqni saqlashni rivojlantirishda va tibbiy xizmatni tashkil etish hamda respublika aholisi sogʻligʻini muhofaza qilishda alohida xizmat koʻrsatgan xodimlariga, shu jumladan oʻrta va kichik tabaqa tibbiy xodimlariga
Holati topshiriladi
Statistika
Taʼsis sanasi 1996-yil 26-aprel.

"Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sogʻliqni saqlash xodimi" faxriy unvoni — ilmiy-tadqiqot, davolash-profilaktika, sanitariya-epidemiologiya va farmatsevtika muassasalarining sogʻliqni saqlashni rivojlantirishda va tibbiy xizmatni tashkil etish hamda respublika aholisi sogʻligʻini muhofaza qilishda alohida xizmat koʻrsatgan xodimlariga, shu jumladan oʻrta va kichik tabaqa tibbiy xodimlariga beriladi[1][2][3][4].

Tavsifi[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Koʻkrak nishoni diametri 30 millimetrli doira shaklida boʻladi va 925 probali kumushdan tayyorlanadi. Nishonning qalinligi 2,2 millimetr.
  • Nishonning hoshiyalangan tekis yuz tomoni oʻrtarogʻida shifokorlarning ramzi boʻlmish ilon chirmashgan qadah, pastki oʻng chekkasida dafna novdasi tasvirlangan. Nishonning aylanasi boʻylab „XIZMAT KOʻRSATGAN SOGʻLIQNI SAQLASH XODIMI“ degan yozuv joy olgan.
  • Nishonning orqa tomonida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan. Tasvirlar va yozuv qabariq.
  • Koʻkrak nishoni ichki qismiga Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadagʻichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi.

Sohiblari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]