Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan xalq taʼlimi xodimi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish
„Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan xalq taʼlimi xodimi“ faxriy unvoni
Oʻzbekiston xizmat koʻrsatgan xalq taʼlimi xodimi.jpg
Mamlakat Oʻzbekiston
Turi faxriy unvon
KimgaTopshiriladi Oʻzbekiston fuqarolariga
Taqdirlash asosi respublika xalq taʼlimini rivojlantirishda alohida xizmat koʻrsatgan xodimlariga
Holati topshiriladi
Statistika
Taʼsis sanasi 1996-yil 26-aprel.

„Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan xalq taʼlimi xodimi“ faxriy unvoni — barcha turdagi umumtaʼlim maktablarining, oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlarining, hunar-texnika bilim yurtlarining, maktabgacha tarbiya bolalar muassasalari va maktabdan tashqari muassasalarning, oʻqituvchilar malakasini oshirish bilan shugʻullanuvchi uslubiyat kabinetlari, kurslar va institutlarning respublika xalq taʼlimini rivojlantirishda alohida xizmat koʻrsatgan xodimlariga, shuningdek xalq taʼlimi boshqa muassasalarining ana shunday xodimlariga beriladi[1][2][3][4].

  • Koʻkrak nishoni diametri 30 millimetrli doira shaklida boʻladi va 925 probali kumushdan tayyorlanadi. Nishonning qalinligi 2,2 millimetr.
  • Nishonning hoshiyalangan tekis yuz tomonida oʻrtaroqda aholiga kommunal, maishiy va savdo xizmati koʻrsatishning ramz sifatida markazi bir-u, radiuslari har xil uchta aylana, pastki oʻng chekkasida dafna novdasi tasvirlangan. Nishonning aylanasi boʻylab „KOMMUNAL, MAISHIY VA SAVDO SOXASIDA XIZMAT KOʻRSATGAN XODIM“ degan yozuv ikki qator boʻlib joy olgan.
  • Nishonning orqa tomonida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan. Tasvirlar va yozuv qabariq.
  • Koʻkrak nishoni ichki qismiga Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadagʻichga xalqa va ilmoqcha yordamida ulanadi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]