Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
„Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga qoʻshgan hissasi uchun“ koʻkrak nishoni
Mamlakat Oʻzbekiston Oʻzbekiston
Turi koʻkrak nishoni
Kimga topshiriladi Oʻzbekiston fuqarolariga
Taqdirlash asosi erkin fuqarolik jamiyatini shakllantirish va rivojlantirish, inson huquqlari va qonuniy manfaatlarini, demokratik qadriyatlarni himoya qilish, aholining siyosiy madaniyati va huquqiy ongini oshirish, davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari oʻrtasida ijtimoiy sheriklik munosabatlarini mustahkamlash ishlariga munosib hissa qoʻshgan shaxslarga
Holati topshiriladi
Statistika
Taʼsis sanasi 2018-yil 14-noyabr.

„Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga qoʻshgan hissasi uchun“ koʻkrak nishoni bilan mamlakatimizda erkin fuqarolik jamiyatini shakllantirish va rivojlantirish, inson huquqlari va qonuniy manfaatlarini, demokratik qadriyatlarni himoya qilish, aholining siyosiy madaniyati va huquqiy ongini oshirish, davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari oʻrtasida ijtimoiy sheriklik munosabatlarini mustahkamlash ishlariga munosib hissa qoʻshgan hamda jamiyatimizda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarda faol ishtirok etib kelayotgan nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillari hamda tashabbuskor fuqarolar taqdirlanadilar[1][2][3][4][5].

Tavsifi[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • „Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga qoʻshgan hissasi uchun“ koʻkrak nishoni diametri 34 millimetrli doira shaklida boʻlib, mis qotishmasidan tayyorlanadi. Koʻkrak nishonining old tomoni markaziy qismida doira shaklda toʻq sariq rangda 5 nafar odam (bosh va yelka qismlari) siluetining birlashmasi hamda uning ikki yonida dafna yaproqlari aks ettirilgan. Dafna yaproqlarining yuqori qismida sakkiz qirrali yulduz joylashgan, uning ichki qismida yarim oy va yulduz tasvirlangan.
  • Nishonning tashqi aylanasining pastki qismida uchta yulduz va tashqi aylananing atrofi boʻylab „FUQAROLIK JAMIYATINI RIVOJLANTIRISNGA QOʻSNGAN NISSASI UCNUN“ soʻzlari yozilgan.
  • Koʻkrak nishonining orqa tomonida Oʻzbekiston xaritasi tasviri tushirilgan globus ustida koʻkka parvoz qilishga intilayotgan uchta turna tasviri aks etgan. Koʻkrak nishonining qalinligi 2,2 millimetr.

Tasvirlar va yozuvlar qabariqdir.

  • Koʻkrak nishonining old va orqa tomonlarining chetlari qabariq doira bilan oʻralgan.
  • Koʻkrak nishoni ilgakchalar va halqacha yordamida toʻgʻri toʻrtburchak shaklidagi qadagʻichga ulangan. Qadagʻichning eni — 26 millimetr, boʻyi — 17 millimetr. Qadagʻich eni 22 millimetrli koʻk rangli shoyi lenta bilan qoplangan.

Qadagʻichning orqa tomoniga koʻkrak nishonini kiyimga taqib qoʻyish uchun toʻgʻnogʻich koʻrinishidagi moslama oʻrnatilgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]