respublika transportini rivojlantirishda, transport vositalaridan foydalanish samaradorligini oshirishda, yoʻllar qurish va ulardan foydalanishda alohida xizmat koʻrsatgan xodimlariga
„Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan transport xodimi“ faxriy unvoni — avtomobil, temir yoʻl, havo, daryo, shahar transporti, yoʻllar qurilishi va ulardan foydalanish, oʻquv yurtlari, ilmiy-tadqiqot muassasalari, loyiha tashkilotlarining, shuningdek boshqa transport korxonalarining respublika transportini rivojlantirishda, transport vositalaridan foydalanish samaradorligini oshirishda, yoʻllar qurish va ulardan foydalanishda alohida xizmat koʻrsatgan xodimlariga beriladi[1][2][3][4].
Koʻkrak nishoni diametri 30 millimetrli doira shaklida boʻladi va 925 probali kumushdan tayyorlanadi. Nishonning qalinligi 2,2 millimetr.
Nishonning hoshiyalangan tekis yuz tomonida teplovoz, yuk shinasi va samolyot, pastki oʻng chekkasida dafna novdasi tasvirlangan. Nishonning aylanasi boʻylab „XIZMAT KOʻRSATGAN TRANSPORT XODIMI“ degan yozuv joy olgan.
Nishonning orqa tomonida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan. Tasvirlar va yozuv qabariq.
Koʻkrak nishoni ichki qismiga Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadagʻichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi.