Jaloliddin Manguberdi ordeni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Jaloliddin Manguberdi ordeni
Jaloliddin Manguberdi ordeni.jpg
Mamlakat Oʻzbekiston Oʻzbekiston
Turi orden
KimgaTopshiriladi Oʻzbekiston va xorijiy davlat fuqarolariga
Taqdirlash asosi yuksak harbiy mahorat, qahramonlik va jasorat namunalarini koʻrsatgan, davlatning mudofaa qudratini mustahkamlashga ulkan hissa qoʻshgan qoʻmondonlik tarkibiga kiruvchi harbiy xizmatchilar
Holati topshiriladi
Statistika
Taʼsis sanasi 2000-yil 30-avgust[1]
Navbat
Toʻngʻich mukofot Amir Temur ordeni
Kenja mukofot Buyuk xizmatlari uchun ordeni

"Jaloliddin Manguberdi" ordeni — Oʻzbekiston Respublikasining davlat mukofotlaridan biri, mamlakatning oliy harbiy mukofoti. Bu orden bilan mamlakat mustaqilligini, Vatan sarhadlarini, ona yurt tuprogʻini himoya qilishda hamda uni koʻz qorachigʻiday asrashda yuksak harbiy mahorat, qahramonlik va jasorat namunalarini koʻrsatgan, davlatning mudofaa qudratini mustahkamlashga ulkan hissa qoʻshgan qoʻmondonlik tarkibiga kiruvchi harbiy xizmatchilar mukofotlanadilar. 2000 yil 30 avgustda taʼsis etilgan. Orden 925 probali kumushdan tayyorlanadi, qirrador kumushrang nurlar taralgan beshburchak shaklga ega. Ordenning markazida, oq aylana bilan hoshiyalangan doirada taralayotgan nurlar fonida Jaloliddin Manguberdining qabariq zarhal tasviri joylashgan. Orden koʻkrakning oʻng tomoniga, Amir Temur ordenidan keyin taqiladi.[2]

Taqdirlanganlar[tahrir]

Manbalar[tahrir]

  1. Jaloliddin Manguberdi ordeni
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil