mustaqil huquqiy davlat barpo etish va uni mustahkamlashga, respublikada tinchlik va taraqqiyotni taʼminlashga qoʻshgan ulkan hissalari uchun mukofotlanadilar.
"Mustaqillik" ordeni - Oʻzbekiston Respublikasiningdavlat mukofotlaridan biri. Bu orden bilan Oʻzbekiston fuqarolari mustaqil huquqiy davlat barpo etish va uni mustahkamlashga, respublikada tinchlik va taraqqiyotni taʼminlashga qoʻshgan ulkan hissalari uchun mukofotlanadilar. Ayrim hollarda Oʻzbekiston fuqarosi boʻlmagan shaxslar ham mukofotlanishi mumkin. 1994-yil5-maydagiOʻzbekiston Respublikasi qonuni bilan taʼsis etilgan. [1]
Orden 1 mikron qalinlikda oltin qoplangan 925 darajali kumushdan tayyorlanib, ikki yon bagʻridan zarhal nur taralgan sakkiz qirrali musamman koʻrinishida. Ordenning markazida mustaqillik ramzi boʻlgan Humo qushi kumush rangda tasvirlangan. "Mustaqillik" ordeni koʻkrakning oʻng tomoniga taqiladi.[2]