Muxtor Sultonov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Мухтор Насруллаевич Султонов
Asl ismi рус. Мухтар Насруллаевич Султанов
Tugʻilishi 15.05.1926
Vafoti 23.10.1998
Oʻzbekiston bayrogʻi Toshkent shahrida
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSRIMuxtor SultonovOʻzbekiston bayrogʻi
Mukofotlari 20 dan oshiq orden va medallari, Oʻzbekiston Kompartiya MQ, Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashi rayosati va Oʻzbekiston SSR vazirlar Kengashining, SSSR IIV va Oʻzbekiston SSR IIVning bir necha fahriy yorliqlari bilan taqdirlangan, SSSR IIV buyruqlarida qayd etilgan.

Muxtor Nasrullayevich Sultonov (19261998) — Oʻzbekistonning atoqli davlat va jamoat arbobi, birinchi oʻzbek generallaridan biri, Oʻzbekiston Ichki ishlar vaziri birinchi oʻrinbosari (1979-1985), (1989-1991), militsiya general-mayori, 20 dan oshiq orden va medallar bilan taqdirlangan.

Hayot yoʻli[tahrir]

Muxtor Nasrullayevich Sultonov (1926-1998 yillar) Oʻsh shahrini sharqiy qismini inqilobdan oldin boshqarishgan Sulton mingboshini nevarasi va Qudrat mingboshini jiyani boʻlgan. Muxtor Nasrullayevich Sultonov (15 may 1926 yil Oʻsh shahri-23 oktabr 1998 yil Toshkent shahri) maktabni tamomlagandan soʻng VLKSM tuman qoʻmitasining yoʻllanmasi bilan NKVD organlariga yuborildi. Oʻz ish faoliyatini Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasi banditizm bilan kurashish boʻlimida boshladi. Shuningdek viloyatning Xoʻjaobod va Asaka tumanlari militsiya boʻlimlarida ishladi.

1945-1946 yillarda — Toshkent militsiya maktabida oʻqidi.

1946-1949 yillarda — Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasi banditizm bilan kurashish boʻlimida xodim.

1949-1951 yillarda — Andijon viloyati Oyim tuman militsiya boʻlinmasi boshligʻi.

1951-1954 yillarda — Toshkent shahar militsiyasi 16-boʻlinma boshligʻi.

1954-1956 yillarda — Toshkent shahar ichki ishlar boshqarmasi OBXSS boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari.

1956-1968 yillarda — Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari.

1968-1979 yillarda — Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi.

1979-1985 va 1989-1991 yillarda Oʻzbekiston SSR ichki ishlar vaziri 1 oʻrinbosari[1].

1958 yili Oʻrta Osiyo davlat dorilfununi yuridika fakultetini sirtdan tamomladi (hozirda Mirzo Ulugʻbek nomli Oʻzbekiston milliy universiteti[2]. Militsiya general-mayori. M.N.Sultonov Oʻzbekistonda jinoyatchilik bilan kurashish, qonunchilikni mustahkamlash va jamoat tartibini oʻrnatish uchun beqiyos hissa qoʻshgan. M.Sultonov bir necha marta Andijon viloyati va Andijon shahar kommunistik partiya byuroligiga aʼzo, Andijon viloyati va Andijon shahar xalq deputatlari Kengashi deputati boʻlib saylangan. 1998 yil 23 oktabrda vafot etgan. Toshkent shahrining Chigʻatoy qabristoniga dafn etilgan.

Olgan mukofotlari[tahrir]

Muxtor Nasrullayevich Sultonov Sovet Ittifoqining 20 dan oshiq orden va medallari, Oʻzbekiston Kompartiya MQ, Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashi rayosati va Oʻzbekiston SSR vazirlar Kengashining, SSSR IIV va Oʻzbekiston SSR IIVning bir necha fahriy yorliqlari bilan taqdirlangan, SSSR IIV buyruqlarida qayd etilgan.

Sulolasi[tahrir]

Manbalar[tahrir]

Havolalar[tahrir]