Aza

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Aza (arab. – sabr, bardosh) – marhumning izzat-hurmati va xotirasi uchun ma’lum muddat tutiladigan mo-211tam. A. tutish odati qadim zamonlardan mavjud bo‘lib, xalqlarning diniy e’tiqodlariga ko‘ra farqlanadi. Islomda A. tutish muddati uch kun. Lekin eri vafot etgan ayollar uchun Idda mudda-ti esa to‘rt oyu o‘n kun. A. vaqtida ayollar oddiy matodan qora yoki ko‘k libos kiyishadi. Ba’zi xalqlarda, jumladan o‘zbeklarda A.ni uzoq tutish – bir yil-gacha qora kiyim kiyish, to‘y qilmaslik va hokazo odatlar saqlangan. Shuningdek, marhum dafn etilgandan keyin uni xo-tirlab yetti, yigirma, qirq, hayit oshi, yil oshi, kiryuvdi, payshanbalik, yakshan-balik, oqkiyar kabi motam marosimlari o‘tkaziladi. Bu udumlar xalq hayotiga g‘oyat singib ketgan. Lekin bu an’anaviy maro-simlarning shar’iy asosi bo‘lmaganligi sababli islom dinida ularning ko‘p to-monlari tan olinmaydi. O‘zbekiston mu-sulmonlari idorasi bularning o‘rniga marhum ruhini shod etish uchun boshqa xayrli ishlar qilish joizligi haqida bir necha fatvo chiqargan (yana qarang Motam marosimlari).

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil