Semurgʻ

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Semurgʻ
Senmurv.svg
Sēnmurw — Sosoniylarning sulola ramzi[1]
Mifologiya Fors mifologiyasi
Boshqa tillardagi ism Anka
Feniks
Humo
Garuda
Sassanid silver plate by Nickmard Khoey.jpg

Semurgʻ — sharq xalqlari ogʻzaki poetik ijodidagi afsonaviy qush obrazi; osmonda uchish, uzoq manzilni yaqin qilish haqidagi asriy orzu — umidlarning ramziy ifodasi. Dastlab, Eron mifologiyasida paydo boʻlgan. "Avesto" — da "senemurg" shaklida ishlatilgan. Semurgʻ oʻzbek xalq ertak va afsonalarida ijobiy qahramonning doʻsti, himoyachisi, hamrohi, uni "etti zulmat ichi"dan olib chiquvchi fantastik qush sifatida gavdalanadi. Turkiy xalqlarda Semurgʻning Humo, Anqo, Davlat qushi, Baxt qushi, Marqumomo, Kuntubulgʻon, Bulbuligoʻyo va boshqa variantlari bor. Semurgʻ obrazi "Qahramon", "Oynai jahonnamo", "Rustam", "Kenja botir" kabi ertaklarda keng tasvirlangan. Bu obraz yozma adabiyotda ham uchraydi (mas, Navoiyning "Lison ut-tayr" asari va boshqalar). Semurgʻ haqidagi afsonalar asosida Hamid Olimjon "Parizod va Bunyod" asarini yozgan. Ularda afsonaviy obraz shartli vosita sifatida mualliflarga qadimgi oʻtmishdagi real voqelik haqida fikr yuritish imkonini beradi. Oʻzbekfilm kinostudiyasi "Semurgʻ" filmini yaratgan (1974). Semurgʻning Humo varianti Oʻzbekiston Davlat gerbiga asos qilib olingan, shuningdek, Toshkentdagi "Turkiston" saroyi oldida uning ramziy monumenti oʻrnatilgan.[2]

Yana q.[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Khazaria in the Ninth and Tenth Centuries (en). BRILL, 2015 — 78 bet. ISBN 9789004294486. 
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil