MushtumAbdulla Qodiriy tomonidan tashkil etilgan hajv va kulgi jurnalidir. Jurnal 1923-yil 13-fevralidan beri chop etiladi. Toshkentda oyda 1-marta chiqadi. Mushtumning 1-soni 1923-yil 18-fevralda "Turkiston" gazetasiga ilova (3 ming nusxada), 1924-yildan "Qizil Oʻzbekiston" nashri sifatida chop etilgan. Jurnalning 1-sonida uning tashkilotchilaridan Abdulla Qodiriyning "Mushtum taʼrifida" degan bosh maqolasi berilgan. Mazkur maqolada Mushtumning yoʻnalishi belgilangan:
“
Bu "Mushtum" zoʻrlik mushtumi emas, haqlik mushtumidir, bu "Mushtum" zolimlar mushtumi emas, mazlumlar mushtumidir. Shuning uchun buning maʼnosi ham boshqachadir...
Mushtum oʻz karikaturalari bilan ham mashhur. Uning birinchi rassomi Ishtvan Tullya boʻlgan, keyinchalik jurnalda turli yillarda T.Muhamedov, D. Sinitskiy, M. Vorobeynikov, N.Ibrohimov, A.Xoliqov, S. Subhonov, A.Qambarov, S.Salohiddinov, H.Sodiqov va boshqalar ishladi. Mushtumga Gʻozi Yunus, Ziyo Said, Gʻ.Gʻafurov, Husayn Shams, J. Mahmudov, M. Muhamedov, Akmal Poʻlat, Z.Yoʻldoshev, Mirmuhsin, Ibrohim Rahim, N. Aminov, Maqsud Qoriyev va boshqalar muharrirlik qilgan. 1998-yil 28-avgustda jurnalning haftalik ilovasi —"Afandi" gazetasi tashkil etilgan. Gazetada davrning dolzarb muammolari, tanqidiy maqolalar ham keng yoritiladi. Hozir Mushtumning bosh muharriri — Ashurali Joʻrayev (1996-yildan). Adadi 10000 (2003).