Zinnat Fatxullin
Zinnat Fatxullin (toʻliq ismsharifi Zinnat Ravilovich Fatxullin) (1903, Nijniy Novgorod — 1988.1.1, Toshkent) — dramaturg. Oʻzbekiston xalq yozuvchisi (1983). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1963). Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi (1939—45). Ijodi 1923-yildan boshlangan. Z. F.ning ilk sahna asarlari — "Toshkay", "Eskilikdan yangilikka" (1923), "Gʻunchalar" (1930) pyesalari. Shundan keyin "Niqob yirtildi" (1932), "Sotqinlar" ("Oltin kuz", 1937) va b. sahna asarlarini yezdi. Urushdan keyingi davrda Z. F. "Vatan ishqi" (Shukur Saʼdulla bilan hamkorlikda, 1957), "Obi hayot" (1962), "Yoshlikda bergan koʻngil" (1964), "Orzular" (1967), Hamza hayotiga bagʻishlangan "Tomosha davom etadi" (1969) dramalarini yaratdi. Z. F.ning qator asarlari oʻzbek xalqining ikkinchi jahon urushi yillarida koʻrsatgan jasoratiga bagʻishlangan. "Soʻnmas hayot" (1951) qissasida urush qahramoni Qudrat Suyunovning mardligi yorqin ochib berilgan. "Oy borib omon qayt" (1970) ssenariysi asosida film ishlangan.[1]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Tanlangan asarlar [2 jildli], T., 198384.
Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() |