Oshiq gʻarib
„Oshiq gʻarib“ — ishqiy-romantik doston. Oʻrta Osiyo va Yaqin Sharqda turli variant va versiyalarda keng tarqalgan: „Oshiq Gʻarib va Shohsanam“, „Gʻarib va Sanam“, „Gʻarib Oshiq“, „Gʻaribjon“ kabi nomlar bilan ham mashhur. Dastlabki varianti Ozarbayjon yoki Turkiyada taxminan 14-asrda yaratilgan. 17-asr oʻrtalarida Oʻrta Osiyoga yoyilgan. Shoh-abbos oʻz vaziri bilan boʻlgʻusi farzandlarini unashtirib, quda boʻlishga vaʼdalashadi. Ammo vazir vafot etgach, shoh oʻz vaʼdasidan tonib, qizi Shohsanamni vazir oʻgʻli Gʻaribga berishdan bosh tortadi. Gʻarib arazlab, eldan bosh olib ketadi. Shohsanam Shohvaladga unash-tiriladi. Gʻarib xonanda-baxshi sifa-tida toʻy ustiga yetib keladi va xalq yordamida oʻz sevgilisiga yetadi. „Oshiq gʻarib“ variantlarida Oʻrta Osiyo va Kavkaz xalklari oʻrtasidagi ijtimoiy-iqti-sodiy va siyosiy munosabatlar, oʻzaro doʻstlik, shuningdek, ishq-muhabbat, vafodorlik kabi sof insoniy fazilatlar aks etgan. Doston ilk bor turk tilida Istanbulda (1880), keyin oʻzbek tilida Buxoroda (1906), Toshkentda (1907), ozarbayjon tilida Ganjada (1902) nashr etilgan. Yigʻma nashri Toshkentda chiqqan (1956).[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |