Yorliq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Yorliq (ingl. Label)

Yorliq — 1) turkmoʻgʻul xonlari eʼlon qilgan yozma hujjatlar. Diplomatik notalar va davlatlararo bitimlar matni ham xon Yo.i jumlasiga kirgan. Biroq koʻpincha bu Yo. Oltin Oʻrda, Qozon va Qrim xonlari tomonidan oʻzlariga tobe turli amaldorlarga, diniy arboblarga berilgan shaxsiy daxlsizlik haqidagi imtiyozli hujjat sanalgan. Yo. rus knyazlarini oʻz yerlarida hukmron boʻlishlarini tasdiqlagan. Rus mitropolitlari xonlarni duo qilganlari tufayli, bu Yo. boʻyicha rus cherkovi Oʻrda maʼmuriyatiga tobelikdan, oʻzlariga qarashli yerlardan olinadigan soliqlardan, turli majburiyatlarni oʻtashdan xalos etilgan. Yo. Oltin Oʻrdaning hududiy boʻlinishi, unga tobe yerlar, ularning maʼmuriy tuzilishi, yer egaligi va b. haqida muhim tarixiy manba sanaladi; 2) amirlar va ruxrniylarga biron imtiyoz berilishi qaqida podsho, xon muhri bosilgan rasmiy hujjat (mas, ishonch yorligʻi); 3) tovarning ustiga qoʻyilgan va uning xili, oʻlchami, mikdrri, bahosi va sh. k.ni koʻrsatadigan belgi; 4) rasmiy hujjat (mas, faxriy yorliq).[1]

  • Yorliq (turkiy xonliklarda) — xonning yozma buyrugʻi, amr-farmoni, yoki Yasa qonunlarining aniq gavdalantirilishi haqida axborot
  • Yorliq — mahsulotga yoki unga biriktirilgan talonga tovar haqidagi maʼlumotlar (ogʻirlik, miqdor, narx, ishlab chiqaruvchi, ishlab chiqarilgan sanasi va b.) koʻrsatilgan yopishtirilgan qogʻoz, etiketka koʻrinishidagi tovar belgisi.
  • Yorliq — stereotipning koʻp ishlatiladigan sinonimi (odatda salbiy tusdagi), ibora, laqab
  • Yorliq komputerda — boshqa fayl, jild yoki internet-sahifani tezkor ishga tushirish uchun xizmat qiladigan fayl, shuningdek aslida u boshqa faylga yoki manzilga havoladir.
Disambig.svg Yorliq soʻzini bildiruvchi bir necha sahifa topildi.
Ushbu sahifaga sizni olib kelgan maqoladagi tegishli ishoratni bu yerga emas, toʻgʻri kerakli maqolaga yoʻnaltirishingiz mumkin.


Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil