Ravshan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

"RAVSHAN" — "Goʻroʻgʻli" turkumi dostonlaridan. H. Zarifov Ergash Jumanbulbul oʻgʻlidan yozib olgan (1928). Doston bir necha bor nashr etilgan. Doston Goʻroʻgʻlining nevarasi Ravshanning xosiyatli uzukda Shirvon malikasi Zulxumorning suratini koʻrib, oshiq boʻlishi va uni izlab safarga otlanishi voqeasidan boshlanadi. Asarda qahramonning maʼshuqaga erishish yoʻlidagi sarguzashtlari orqali erkin muhabbat, vafo va sadoqat ulugʻlangan, vatanga mehr, elyurt dushmanlariga shafqatsizlik gʻoyalari ilgari surilgan. Dramaturg Komil Yashin shu doston syujeti asosida "Ravshan va Zulxumor" pyesasini yozgan (1957). Dostonning 1972 y.gi matnini nemis prof. Karl Rayxl nemischaga tarjima qilgan. Tarjima asar Bonn universiteti "Osiyo tadqiqotchilari" toʻplamida kitob shaklida toʻliq nashrdan chiqqan (1985).

Nashri: Ravshan, T., 1970, 1972. [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil