Chingiz Aytmatov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish
Chingiz Aytmatov
Чынгыз Айтматов
Tschingis Ajtmatow.jpg
Toʻliq ismi:Chingiz Toʻraqulovich Aytmatov
Tavallud sanasi: 12-dekabr 1928-yil(1928-12-12)
Tavallud joyi:Shakar qish., Talas tumani, Qirğiz ASSR, RSFSR, SSRI (СССР)
Vafot sanasi:10-iyun 2008-yil(2008-06-10)
(79 yoshda)
Vafot joyi:Nyurnberg, Bavariya
Fuqarolik: Sovet Ittifoqi KGZ
Kasb:
Faoliyat:yozuvchi, diplomat
Janr:roman, qissa
Magnum opus:"Jamila", „Alvido, Gulsara!“
Mukofot:Medal Lenin Prize.pngMedal State Prize Soviet Union.pngMedal State Prize Soviet Union.pngMedal State Prize Soviet Union.pngHero of the Kirghiz Republic.pngМедаль Н.К. Крупской.jpeg

Hero of Socialist Labor medal.svg KRG Order Manas.pngDustlik rib.pngUzbek orden rib.pngAZ Dostlug order ribbon (type 2).png

Order of Lenin ribbon bar.pngOrder of Lenin ribbon bar.pngOrder october revolution rib.pngOrderredbannerlabor rib.pngOrderredbannerlabor rib.pngXalqlar doʻstligi ordeniSU Medal For Distinguished Labour ribbon.svgSU Medal In Commemoration of the 100th Anniversary of the Birth of Vladimir Ilyich Lenin ribbon.svgHUN Order of Merit of the Hungarian Rep (civil) 5class BAR.svgOrden of Friendship.pngOrdenOtan.gifPOL Order Uśmiechu BAR.svg

Chingiz Toʻraqulovich Aytmatov (qirgʻ. Chingiz Aytmatov; 12-dekabr, 1928 – 10-iyun, 2008) – Qirgʻiziston xalq yozuvchisi (1968). Qirgʻiziston Fanlar Akademiyasi akademik (1974). Qirgʻiziston qishloq xoʻjaligi institutini tamomlagan (1953). 1956 – 58 yillari Moskvadagi yozuvchilar uyushmasi Oliy adabiyot kursi tinglovchisi. Asarlarini qirgʻiz va rus tilida yozadi. Ilk hikoyalari 1950-yillarda bosilgan. „Bay-damtol sohillarida“ (1955), „Yuzma-yuz“ (1957) asarlari oʻtkir syujet, kuchli ichki ruhiy ziddiyatlarga boy. „Jamila“ (1958), „Sarvqomat dilbarim“ (1961), „Boʻtakoʻz“, „Birinchi muallim“ (1962), „Momo yer“, „Somon yoʻli“ (1963), „Alvi-do, ey Gulsari“ (1966) kabi qissalarida muhabbat mavzui katta ehtiros bilan ta-rannum etilgan. A.ning „Togʻ va choʻl qissalari“ turkumiga kirgan asarlari yuksak baholandi. A.ning „Oqkema“ (1970) qissasida insoniy goʻzallik, ezgulik va hayot ziddiyatlari, ekologiya muammolari teran tadqiq etiladi. „Oq kema“ kinofilmi ham asar kabi shuhrat qozondi. „Dengiz yoqalab chopayotgan ola-par“ (1977) qissasida muhim maʼnaviy masalalar, shoʻro davridagi hayotning mashʼum manzaralari oʻz ifodasini top-gan."Asrga tatigulik kun" (1980), „Qi-yomat“ (1986), „Kassandra tamgʻasi“ (1990) romanlarida zamonamizning umu-minsoniy tomonlari, ona Sayyoramizning taqdiri, kuchli falsafiy, axloqiy va ijtimoiy muammolar koʻtarilgan. Oʻtmishini unutgan, hissiz, hamma nar-saga loqayd, itoat-u, buyruqni baja-rishdan boshqa narsani bilmaydigan, tuygʻu, noziq hissiyotlari soʻngan manqurt obrazi tasviri A. ijodining muhim qirralaridan biri boʻldi.A.ning „Choʻqqida qolgan ovchining ohi zori“ (M. Shoxonov bilan hamkorlikda) asari maʼnaviyatga bagʻishlangan. A. prozasida ruhiyat tahlili anʼanaviy folklor, mifologiya, obrazlilik bilan uygʻunlashib ketadi. Unda masal, ramziylikka moyillik sezilarli darajadadir.A. „Inostrannaya literatura“ (Mo-skva) jurnaliga muharrir (1980 – 90), 1990-yildan sobiq SSSRning, soʻng Rossiya Federatsiyasining, 1991-yildan Qirgʻiziston Respublikasining Lyuksemburg, Belgiyadagi elchisi. A. tashkil etgan „Issiqkoʻl forumi“ xalqaro tinchlik harakati, muhim ijtimoiy masalalarni hal etishda samarali taʼsir oʻtkazmoqda. Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati assambleyasi Prezidenti (1995). A.ning asarlari jahonning 176 tiliga tarjima qilinib, 20 mln.dan ortiq nusxada chop etilgan (1999). „Sarvqomat dilbarim“ („Do-von“), „Boʻtakoʻz“ („Jazirama“), „Birinchi muallim“, „Jamila“, „Alvido, ey Gulsari“ va boshqa ekranlashtirilgan, oʻzbek va chet el teatrlarida sahnalashtirilgan. „Momo yer“ asariga I. Akbarov musiqa yozgan. A.ning qariyb hamma asarlari oʻzbek tilida nashr etilgan. A. oʻzbek ada-biyoti, umuman, oʻzbek madaniyati tarixini yuksak baholab, „Qadim-qadim oʻzbek madaniyatining Oʻrta Osiyoga koʻrsatgan taʼsirini koʻhna Vizantiyaning Qadim Rusga koʻrsatgan taʼsiri bilan qiyoslash mumkin“, deb hisoblaydi. A. Oʻzbekiston Respublikasining „Doʻstlik“ (1995), „Buyuk xizmatlari uchun“ (1998) ordenlari bilan mukofotlangan. Qirgʻiziston Respublikasida Xalqaro Chingiz Aytma-tov nomidagi „Oltin medal“ mukofoti taʼsis etilgan (1999).As: Tanlangan asarlar [ikki jild-248li], T.. 1978; Aytmatov Ch.: Stati, vi-stupleniya, dialogi, intervyu, M., 1988; Asrga tatigulik kun; Qiyomat, romanlar, T., 1998.Ad.: Mirza-Axmedova P. M., Natsio-nalnaya epicheskaya traditsiya v tvorchestve Chingiza Aytmatova, T., 1980; Gachev G., Chingiz Aytmatov i mirovaya literatura, Frunze, 1982; Axmatal iyev A. A, Chingiz Aytmatov i vzaimosvyazi literatur, Bish-kek, 1991.[1]. 2018-yilda adib tavalludining 90 yilligini nishonlash haqida Oʻzbekiston Prezidentining qarori eʼlon qilindi[2]. Unga koʻra: „Chingiz Aytmatov va Oʻzbekiston“ nomli xotira kitobini nashrga tayyorlash va chop etish; Chingiz Aytmatov hayoti va ijodiy faoliyati haqida hujjatli film yaratish; yozuvchi asarlari asosida yangi spektakl sahnalashtirish va badiiy film suratga olish; Chingiz Aytmatov xotirasini abadiylashtirish maqsadida Toshkent shahrining markaziy koʻchalaridan biriga adib nomini berish; Toshkent viloyati Parkent tumanidagi 33-maktabda adib byustini oʻrnatish tayinlandi.

Asarlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. https://m.kun.uz/news/2018/04/02/uzbekistonda-cingiz-ajtmatov-tavalludining-90-jilligi-nisonlanadi Chingiz Aytmatov tavalludining 90 yilligi nishonlanadi]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

(qirgʻ.)