Vatan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ushbu sahifa «Vatan» soʻzining maʼnosi haqidadir. Shu nomli film uchun Vatan (film) sahifasiga qarang.
Ona Vatan. William-Adolphe Bouguereau chizgan surat (1883).

Vatan:

1) kishilarning tugʻilib oʻsgan joyi, yurti, mamlakati; tarixan muayyan xalqqa tegishli hudud hamda uning tabiati, aholisi, oʻziga xos taraqqiyoti, tili, madaniyati, turmushi va urf-odatlari majmui. Vatanona kabi yagona, muqaddas. Vatan oldidagi qarzdorlik tuygʻusi, masʼuliyati har bir yetuk insonga xos xususiyatdir. Vatanni sevish vatanparvarlikda namoyon boʻladi;

Bu so'z hamma xalqlar uchun juda aziz.Kurrai zaminimiz unda yashayotgan 7,5 milliardga yaqin aholi uchun Vatandir.Har bir xalq uchun Esa taqdiran va tarixan ato etilgan hamda chegaralangan hudud ona-Vatandir."Vatan" atamasi arabcha so'z bo'lib,ona yurt ma'nosini bildiradi.Alisher Navoiy Vatan tushunchasini ona yurt,tug'ilib o'sgan joy,maskan,manzil ma'nolarida ishlatgan.O'zbekiston (biz tug'ilib,o'sgan joy,avlod-ajdodlarimiz umr kechirgan yurt,millatimiz yashaydigan davlat