Epizod

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Epizod (yun. — qoʻshimcha) — 1) voqea, hodisa; 2) epik, liroepik va dramatik asar syujetidagi asosiy harakatning maʼlum bir boʻlagi, yakunlangan muayyan qismi. E.ning mazmunmohiyati, vazifasi asarning umumiy syujet tizimi rivoji bilan bogʻliq. Asarda badiiy yuk tashuvchi asosiy va ularni bir-biriga ulashga xizmat qiladigan yordamchi E.lar boʻladi. Asosiy E.lar qahramon xarakterini ochish, asar syujeti rivojini taʼminlashda hal qiluvchi oʻrin tutsa, yordamchi E.lar asardagi asosiy E.larni birbiriga bogʻlab, syujet chizigʻida yaxlitlik, bir butunlikni vujudga keltiradi. E.lar miqdori asar hajmi va uning janr xususiyatlarini belgilaydi.