Urush
Urush – ijtimoiy guruhlar, millat (xalq)lar, davlatlar oʻrtasidagi nizolarning kuch, odatda, qurolli kuchlar yordamida qal qilinishi. Urushda asosiy va hal qiluvchi vosita sifatida qurolli kuchlardan, shuningdek, kurashishning iqtisodiy, siyosiy, gʻoyaviy va boshqa vositalaridan foydalaniladi. Urushlar davlatlar olib boradigan ichki va tashqi siyosat natijasidir. Urush kelib chiqishining omillari turlicha boʻlib, bu omillar urushning xususiyati va sodir boʻlgan davriga bogʻliq. Har qanday krili toʻqnashuvni urush deb boʻlmaydi. Urush Ol dindan tayyorgarlik koʻrilgan, muayyan maqsad yoʻlida olib boriladigan harbiy harakatlardir. urush holati davlatlar oʻrtasida qurolli toʻqnashuvsiz ham mavjud boʻlishi mumkin. Masalan, ikki davlat oʻrtasida urush harakatlari toʻxtatilgandan keyin ular oʻzaro sulh tuzishmasa, urush holati davom etaveradi. Biroq, endi ular oʻrtasida qurolli toʻqnashuvlar yuz berishi shart emas. Urushlarni quyidagicha tasniflash mumkin: jahon urushlari; mahalliy urush, fuqarolar urushi; milliy ozodlik urushlari Jahon urushlari dunyoda yetakchilik daʼvosini qiladigan davlatlarni qamrab oladigan katta harbiy kuchlarning qurolli toʻqnashuvidir. Mahalliy urushlar, asosan, ikki yoki bir necha mamlakatlar oʻrtasida olib boriladigan urushlardir. Bunday urushlarning kelib chiqishi ham tomonlarning olib boradigan siyosati va uning natijalariga bogʻliq. Milliy ozodlik urushlari mamlakatni mustamlakachilik zulmidan ozod boʻlishi uchun olib borilgan. Tarixda urushlar dunyo siyosiy xaritasining qayta shakllanishiga, chegaralarni qaytadan belgilanishiga sababchi boʻlgan. Urushlar tufayli koʻp davlatlar oʻzini saqlab qolmay, imperiyalarga qoʻshilib ketgan. urushlar ayrim davlatlarning parchalanishi, boʻlinishiga olib kelib, ularni parokanda ahvolga solib qoʻygan.
Urushlarning sanoatlashuvi (yaʼni qurollanish sohasida, shuningdek, qurolli kuchlarni „harbiy mashina“ sifatida tashkil qilishda sanoat i.ch.i usullarini qoʻllash) mahalliy urushlarning umumjahon urushiga aylanishiga sabab boʻldi. XX asr boshlanishidan avval eng yirik urushlarda ham aholining kichik qismi, odatda, jangda bevosita qatnashayotgan askarlar va jang sodir boʻlayotgan yer aholisi ishtirok etar edi. Birinchi jahon urushi koʻp jihatdan harbiy kuchlarning rivojlanishini belgilab berdi. Bu urush ham miqyosi, ham ishtirok etgan davlatlar soni jihatdan nomiga yarasha edi. Undagi kurbonlar soni avval sodir boʻlgan urushlardagidan koʻp baravar ortib ketdi. Bu urushdan soʻng insoniyatga qirgʻin keltiruvchi qurollar yaratilishiga zoʻr berila boshlandi. Ikkinchi jahon urushida va undan keyingi harbiy harakatlarda nafaqat harbiy, balki tinch aholi orasidagi qurbonlar soni akl bovar qilmas darajada katta boʻldi. Umuman, tadqiqotchilar keyingi III asrda ming va undan ortiq odam halok boʻlgan. urushlarni hisoblab chiqib, quyidagi raqamlarni qayd etishadi: XVIII asrda 68 ta, XIX asrda 205 ta, XX asrda 237 ta urush boʻlgan, ularda qurbon boʻlganlar soni XVIII asrda 4,4, XIX asrda 8,3 va XX asrda 100 mln. kishidan ortgan. Soʻnggi 5,5 ming yil mobaynida esa, jami 14,5 mingga yaqin katta va kichik urush (shu jumladan, 2 ta jahon urushi) boʻlgan, ularda 3,6 mlrd.dan ortiq kishi halok boʻlgan, epidemiyalar va ocharchilikdan ulgan. Hozirgi sharoitda 1980-yillar oxiridan „sovuq urush“ tugaganligi munosabati bilan jahon yadro urushi xavfi kamaydi. Biroq lokal urush deb atalgan urushlar – diniy, hududiy va milliy janjallar, qabilaviy adovat va boshqa bilan bogʻliq harbiy nizolar davom etmokda. Jahon hamjamiyati davlatlar oʻrtasida kuch bilan xavf solish va kuch ishlatishni inkor etuvchi munosabatlar tizimini vujudga keltirishga intilib keladi. 1945-yilda BMT Ustaviga urushdan xalqaro muammolarni hal etishning vositasi sifatida voz kechish prinsipi kiritilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida urushni targʻib qilganlik uchun javobgarlik belgilangan (150-modda).
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]![]() |
Vikiiqtibosda Urushga tegishli iqtiboslar mavjud. |
![]() | Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |