Bayram

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Yangi Yil bayrami (2007-yil arafasida, Sidney, Avstraliya).

Bayram (turkiycha — katta yigʻin, toʻy) — keng nishonlanadigan tantanali kun. Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot davomida kelib chiqishi, mazmuni, ijtimoiy hayotda qaror topishiga koʻra anʼanaviy, diniy, milliy va b. B.lar vujudga keldi. Avloddan-avlodga meros tariqasida oʻtib keladigan B. anʼanaviy B. deyiladi. Mas., navroʻz bayrami. Anʼanaviy B.lar biror xalq yoki millatning ayni vaqtdagi ijtimoiy turmushi, hayot kechirish tarzi bilan bevosita bogʻliq boʻlmaydi. Diniy B.da har bir monoteistik dinning aqidalarida belgilab qoʻyilgan marosimlar nishonlanadi. Mas, iyd bayrami. Milliy B.larda u yoki bu millatning tarixidagi muhim voqea-hodisalar nishonlanali. Mas, Mustaqillik kuni, Konstitutsiya kuni. Bulardan tashqari yana kasb-hunar B.lari ham bor (Oʻqituvchi va murabbiylar kuni, Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni kabi). Shoʻrolar hukmronligi davrida oʻzbek xalqining qad. milliy, anʼanaviy yangi yil B.laridan hisoblangan Navroʻz qatagʻon qilinib, diniy bayramlar (Ramazon hayiti, Qurbon hayiti) tazyiqqa uchradi. Koʻp yillar davomida, ayniqsa ziyoli va firqa aʼzolari hayit namozini oʻqish uchun masjidga chiqqanliklari uchun ham taʼqib qilindi. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach Prezident I.A. Karimovning farmoni bilan Roʻza va Qurbon hayitlarining birinchi kunlari dam olish kuni deb eʼlon qilindi. Hayit kunlari va ular bilan bogʻliq marosimlar batamom qaror topdi, shuningdek boshqa qadriyatlar ham tiklanmoqda. Chunonchi Navroʻz umumxalq B.i sifatida har yili katta tantana qilinib, bu kun (21 mart) dam olish kuni deb eʼlon qilindi (yana Q. Bayram kunlari).[1]

Bayram, deb biror diniy guruh, davlat yoki xalq uchun muhim boʻlgan kunga aytiladi. Biror bayramni oʻzi uchun qadrli, deb bilgan odamlar uni nishonlashadi. Bayram atamasi oʻzbek tiliga forschadan kirib kelgan.

Turlari[tahrir]

Diniy[tahrir]

Diniy bayramlar toifasiga Hayit, Mavlud, Pasxa kabilar kiradi. Baʼzi diniy guruhlar (msl. Yahve Shohidlari) bayramlarni paganistik hisoblab, nishonlashmaydi.

Rasmiy[tahrir]

Rasmiy bayramlar biror davlat miqyosida muhim voqealar boʻlib oʻtgan kunlarda nishonlanadi. Masalan: Mustaqillik kuni, Konstitutsiya kuni va hk.

Oilaviy[tahrir]

Oilaviy bayramlarga biror oila uchun muhim voqealar (Toʻy, tugʻilgan kun va hk) kiradi.

Norasmiy[tahrir]

Norasmiy bayramlar sirasiga na diniy, na siyosiy ahamiyatga ega bayramlar kiradi. Masalan: Yangi Yil, Navroʻz.[2]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. Bular qachonlardir diniy bayram oʻlaroq nishonlangan boʻlishi mumkin, biroq bugunda taqvim oʻzgarishi bois nishonlanadi.