Mamadali Qurbonov
| Mamadali Qurbonovich Qurbonov | |
|---|---|
Мамадали Курбанович Курбанов | |
| Oʻsh shahar ijroiya qoʻmitasi raisi | |
|
Mansab davri 1957 – 1960 | |
|
Mansab davri 1937-yil 16-sentyabr – 1946-yil aprel | |
| Oʻtmishdoshi | Oʻrinboy Ashurov |
| Vorisi | Jabbor Rasulov |
|
Mansab davri 1937 – 1937 | |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi |
1905-yil Uchqoʻrgʻon qishlogʻi, Oʻsh uyezdi, Fargʻona viloyati (Rossiya imperiyasi) |
| Vafoti |
14-may 1976-yil Oʻsh (shahar), Qirgʻiziston SSR, SSSR |
| Fuqaroligi |
|
| Siyosiy partiyasi | VKP (b) (1930-yildan) |
| Turmush oʻrtogʻi | birinchi turmush oʻrtogʻi — Yormatova Sobiraxon, uning vafotidan keyin Rahimaxon Tojiboyevna Qurbonova (Sultonova) (1928-2006) bilan turmush qurgan |
| Bolalari |
Oʻgʻillari — Gʻafur, Rahmon, Hakim, Rustam, Suxrob, Dilshod, Sergo-Shahzoda (22.04.1964-yil) Ural togʻ-metallurgiya kompaniyasi bosh direktor oʻrinbosari, „Trans-Atlantik“ MChJ egasi Qizlari — Jamila, Gulchehra, Eleonora va Minora (ikki qizi Toshkent shahrida yashaydi) |
| Otasi | Qurbon |
| Kasbi | kon muhandisi |
| Dini | islom |
| Mukofotlari |
|
| Dafn etilgan joyi | Oʻsh |
Mamadali Qurbonovich Qurbonov (1905 – 1976-yil 14-may) – Tojikiston Bosh vaziri (1937-1946 yillar), SSSR Oliy Kengashining 1- va 2-chaqiriq deputati, Oʻsh shahar va Oʻsh viloyati ijroiya qoʻmitalari raisi.
Hayot yoʻli
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mamadali Qurbonov Oʻsh uyezdi Uchqoʻrgʻon qishlogʻida (hozirgi Qadamjoy tumani) kambagʻal dehqon oilasida tugʻilgan, millati tojik. Maʼlumoti oʻrta, togʻ-kon fakulteti qoshidagi ishchilar kurslarini tamomlagan. Mehnat faoliyatini Qizilqiya koʻmir konida konchilikdan boshlagan. 1930-yildan VKP(b) aʼzosi. Qizilqiya koʻmir konidan taniqli davlat arboblari chiqqan. Jumladan, konchi Toʻraboy Qulatov Qirgʻiziston SSR Xalq Komissarlari Kengashi raisi, soʻngra esa Qirgʻiziston SSR Oliy Kengashi raisi boʻlgan, Mamadali Qurbonov esa 1937-yildan 1946-yilgacha Tojikiston SSR Xalq Komissarlari raisi lavozimida ishlagan.
- 1924—1930-yillar – Qirgʻiziston SSR Oʻsh viloyati Qizilqiya koʻmir konida konchi.
- 1930—1931-yillar – Qizilqiya koʻmir konida qutqarish va texnik xavfsizligi stansiyasi boshligʻi.
- 1931—1933-yillar – Qizilqiya koʻmir koni boshligʻi.
- 1933—1936-yillar – Tojikiston SSR „Shurab-koʻmir“ boshligʻi.
- 1936—1937-yillar – Tojikiston SSR mahalliy sanoat xalq komissari, bir vaqt oʻzida Tojikiston Kommunistik partiya Markaziy Qoʻmitasining transport va sanoat boʻlimi mudiri.
- 1937-yili Tojikiston SSR Xalq Komissarlari Kengashi raisi oʻrinbosari, Yer boʻyicha xalq komissari.
1937-yil 16-sentabrdan 1946-yil aprelgacha Tojikiston SSR Xalq Komissarlari Kengashi – Vazirlar Kengashi raisi. Tojikiston SSR hukumati raisligiga Tojikiston SSR Kompartiyasi 3 syezdida tasdiqlangan. Uning bevosita rahbarligi ostida Tojikistonning poytaxti Dushanba shahri, Pomirga olib boruvchi Oʻsh-Xorugʻ avtomagistral yoʻli, Tojikistondagi birinchi Varzob GES va boshqa obyektlar qurildi. Ikkinchi jahon urushi va urushdan keyingi davrlarda Tojikiston frontga qishloq xoʻjalik mahsulotlarini, oziq-ovqatlarni, paxtani, qurol-yaroqlarni va boshqa mahsulotlarni yetkazardi.
1939-yil 21-mart — 1952-yil 5-oktabr VKP(b) Markaziy revizion komissiyasi aʼzosi, 1939-yil va 1941-yil TsK KPSS syezdlarida tasdiqlangan. Mamadali Qurbonov SSSR Hukumati qarorlari bilan 1939-yil 17-oktyabrda Lenin ordeni (Tojikiston SSR qishloq xoʻjaligida yuksak yutuqlarga erishgani va paxta planini oshigʻi bilan bajargani uchun), 1940-yil 28-aprelda „Hurmat belgisi“ ordeni (SSSRda eng buyuk boʻlgan irrigatsiya inshooti I.Stalin nomli Katta Fargʻona kanali qurilishida faol qatnashgani va bunda koʻrsatgan yutuqlari uchun). 1944-yil 3-yanvarda Lenin ordeni bilan ikkinchi marta taqdirlangan.
- 1946-yil – Oʻzbekiston SSR qishloq xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari.
- 1947—1949-yillar – Fargʻona viloyati ijroiya qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari.
- 1949—1950-yillar – Qirgʻiziston SSR Yengil sanoat vazirining birinchi oʻrinbosari.
- 1950—1957-yillar – Oʻsh viloyati Ijroiya qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari.
- 1957—1960-yillari – Oʻsh shahar Ijroiya qoʻmitasi raisi.
Mamadali Qurbonov Oʻsh shahri rahbari lavozimida ishlab turganda, Oʻsh pedagogika oliygohi binosi, Oqbura daryosi ustidagi katta temir-beton koʻprik (birinchi marta shaharni oʻng va chap qirgʻogʻi bilan tutashtirgan), xalqaro avtomatik telefon stansiyasi qurildi va ekspluatatsiyaga topshirildi. 1957-yili Oʻsh shahrining asosiy qismi ariq suvi oʻrniga ichimlik suvi bilan taʼminlandi. Oʻsh shahrida 1959-yili SSSRda (Kishinyovdan keyin) ikkinchi boʻlgan artezian quduqlardan suv tortuvchi nasoslarni ishlab chiqarish korxonasi qurildi.
1960—1967-yillari – Oʻsh-Xorugʻ avtomagistralidan Tojikistonga xalq xoʻjaligi mahsulotlari yetkazib beradigan Pomir ishlab chiqarish avtotransport birlashmasi bosh direktori. Uning rahbarligida 1120 ta odam ishlardi.
1960-yildan – Qurbonov Ittifoq miqyosidagi shaxsiy pensioner.
Tojikistonning Koʻlob okrugidan 1- va 2-chaqiriq SSSR Oliy Kengashi deputati, byudjet komissiyasi aʼzosi. Tojikiston SSR Oliy Kengashi deputati (1937-1948 yillar). Oʻsh viloyati kengashi va Oʻsh shahar kengashi deputati.
KPSS MQ Siyosiy byurosi aʼzosi Anastas Mikoyan bilan doʻst boʻlishgan[1]. Oʻgʻli Sergo-Shahzoda (22-aprel 1964 yil) Ural togʻ-metallurgiya kompaniyasi bosh direktor oʻrinbosari, Oʻsh shahridagi 15 sonli maktabni va onasi koʻmilgan Oʻsh shahridagi yangi avtoshohbekat oldidagi qabristonni obod qilgan.
Mamadali Qurbonov 1976-yil 14-mayda vafot etgan va u Sulaymon togʻining janubiy qoyasi tomonidagi qabristoniga, unga minnatdor boʻlgan minglab shaharliklar ishtirokida dafn etilgan.
Xotirasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Mustaqil Tojikiston hukumati qarori bilan Tojikiston poytaxti Dushanba shahrining markazida joylashgan Vazirlar Kengashi eski binosiga memorial lavha oʻrnatilgan.
- Tojikiston poytaxti Dushanba shahrining Ismoil Somoniy tumani markaziy koʻchalaridan biri (eski nomi Patris Lumumba koʻchasi) Mamadali Qurbonov nomiga qoʻyilgan.
- Oʻsh shahar kengashining 2003-yil 17-martdagi 128-sonli qaroriga asosan Oʻsh shahridagi Musorgskiy koʻchasi Mamadali Qurbonov sharafiga qoʻyilgan.
- Oʻsh shahar 15 sonli maktab (eski nomi Telman nomli maktab) Mamadali Qurbonov sharafiga qoʻyilgan va shu maktab hovlisida Mamadali Qurbonovning byusti oʻrnatilgan.
- Oʻzining vatanida Botken viloyati, Qadamjoy tumani Uchqoʻrgʻon qishlogʻida tojik maktabi Mamadali Qurbonov sharafiga nomlangan[2].
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Lenin ordeni (1939-yil 17-oktyabr). Tojikiston SSR qishloq xoʻjaligida katta muvaffaqiyatlar va paxta rejasini oshigʻi bilan bajarganligi uchun.
- „Hurmat belgisi“ ordeni (1940-yil 28-aprel). SSSRda eng yirik irrigatsiya inshooti I. V. Stalin nomli Katta Fargʻona kanali qurilishida faol qatnashganligi uchun.
- Lenin ordeni (1944-yil 3-yanvar) bilan ikkinchi marta taqdirlangan.
- Shuningdek „Hurmat belgisi ordeni bilan uch marta, Mehnat Qizil Bayroq va 2 darajali “Vatan urushi" ordenlari bilan taqdirlangan.
- koʻplab medallar, Qirgʻiziston Kompartiya MQ va Oliy Kengashi rayosatining faxriy yorliqlari bilan taqdirlangan.
Sulolasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Oʻgʻli – Qurbonov Sergo-Shaxzoda Mamadaliyevich (1964-yil Oʻsh shahrida tugʻilgan) – Ural togʻ-metallurgiya kompaniyasi bosh direktor oʻrinbosari, „Trans Atlantik Grupp“ MChJ egasi[3].
Xotini Rahimaxon tomonidan qarindoshlari:
- Qudasi – Sulton Toirboyev – inqilobdan oldin Oʻsh shahrining sharqiy qismini boshqargan mingboshi, Oʻsh shahar katta oqsoqoli.
- Qudasining ukasi – Qudrat Toirboyev – inqilobdan oldin Oʻsh shahrining sharqiy qismini boshqargan mingboshi, Oʻsh shahar katta oqsoqoli.
- Qudasi – Rahmonberdi Madazimov (1875-1933) – Qirgʻiziston janubidagi teatr harakatining asoschisi, Bobur nomli Oʻsh oʻzbek akademik musiqali drama teatrining birinchi asoschisi, tashkilotchisi va badiiy rahbari, yozuvchi.
- Sultonov, Boltihoji Sultonovich (1884-1919) – Qirgʻizistonning atoqli davlat, siyosat va jamoat arbobi, Oʻsh uezdi rahbari oʻrinbosari (1918-1919), Janubiy Qirgʻizistonda sovet hokimiyatini oʻrnatish uchun kurash rahbarlaridan biri, Oʻsh shahar militsiyasining asoschisi va birinchi boshligʻi (1918-yil 5-fevral).
- Oʻrinboy Rahmonov (1910-1980) – Bobur nomli Oʻsh oʻzbek akademik musiqali drama teatrining asoschisi, artist va shoir.
- Izzat Sulton (toʻliq ismi Sultonov Izzat Otaxonovich) (1910-yil Oʻsh shahrida tugʻilgan – 2001-yil Toshkent shahrida vafot etgan) – Toshkent kinostudiyasi direktori (1943—1945-yillar), Oʻzbekiston SSR Vazirlar Kengashi raisi, madaniyat boʻyicha oʻrinbosari (1945-1948 yillar), Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi kotibi (1956-1963 yillar), akademik (1995-yil), yozuvchi, dramaturg va adabiy tanqidchi.
- Sultonov Muxtor Nasrullayevich (1926-yil Oʻsh shahrida tugʻilgan – 1998-yil Toshkent shahrida vafot etgan) Oʻzbekiston IIV 1-oʻrinbosari, militsiya general-mayori (1979—1985 va 1989—1991-yillar).
- Sultonov Gʻani Sultonovich – Oʻzbekiston SSR Vazirlar Kengashi raisi oʻrinbosari (1956—1957-yillar), Oʻzbekiston SSR Tashqi ishlar vaziri (1954—1959-yillar).
- Sultonov – Oʻzbekiston SSR xalq maorifi vaziri.
- Azizullo Izzatullayev (1925—1991) – Oʻzbekistonning davlat va jamoat аrbobi, Yangiyoʻl tumani ijroiya qoʻmitasi raisi oʻrinbosari (1962—1983-yillar), "Vatan urushi" va „Hurmat belgisi“ ordenlari sohibi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ S Mikoyanom drujbu vodil i gorodom rukovodil…, 2018-03-04da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2015-05-21
- ↑ „Uch-Korgon – selo kulturnogo raznoobraziya“. 2015-yil 22-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 11-dekabr.
- ↑ Sergo Mamadalievich[sayt ishlamaydi]
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Spravochnik po istorii Kommunisticheskoy partii i Sovetskogo Soyuza 1898-1991 godi.
- Tojik milliy ensiklopediyasi.
- Kommunistik Ensiklopediya.
- Kniga „Dokumenti sovetskoy istorii“. Sovetskoye rukovodstvo perepiska. 1928-1941 g. chast 5. str.379.
- Lichnoye delo deputata Verxovnogo Soveta SSSR 2 soziva Mamadali Kurbanova xranitsya v Gosudarstvennom arxive RF (lichnoye delo № R7523 48 598 iz 9 listov).
- Lichnoye delo Mamadali Kurbanova xranitsya v Gosudarstvennom arxive RF (lichnoye delo № 544 iz 19 listov) dati dela: 12-dekabrya 1937-10-fevralya 1946.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Spravochnik po istorii Kommunisticheskoy partii i Sovetskogo Soyuza 1898—1991 godi (Wayback Machine saytida 2015-02-27 sanasida arxivlangan)
- Ulitsa Mamadali Kurbanova
- S Mikoyanom drujbu vodil i gorodom rukovodil… (Archive.is saytida 2018-03-04 sanasida arxivlangan)
- Informatsionnoe soobщenie o zasedanii Soveta Soyuza 13-yanvarya 1938 goda
- Spisok premer-ministrov Tadjikistana
- Obщestvennoe obʼedinenie tadjikov im. Rudaki (1992 g.) (Archive.is saytida 2015-03-07 sanasida arxivlangan)
- Spisok deputatov Verxovnogo Soveta SSSR 1 soziva (Archive.is saytida 2018-03-04 sanasida arxivlangan)
- Spisok deputatov Verxovnogo Soveta SSSR 1 soziva (Archive.is saytida 2013-04-16 sanasida arxivlangan)
- № 223 I. V. Stalin – A. A. Andreevu Sanksioniruem predsedatelem SNK – Kurbanova
- Dokumenti sovetskoy istorii. Sovetskoe rukovodstvo Perepiska. 1928—1941 gg. Chast V
- Personi Tsentrazii (Wayback Machine saytida 2015-12-08 sanasida arxivlangan)
| Avval kelgan: Oʻrinboy Ashurov |
Tojikiston Bosh vaziri 1937-yil 16-sentyabr — 1946-yil aprel |
Keyin kelgan:<br./>Jabbor Rasulov |
- Oʻsh uyezdida tugʻilganlar
- 14-mayda vafot etganlar
- 1976-yilda vafot etganlar
- Oʻsh (shahar)da vafot etganlar
- Lenin ordeni sohiblari
- 1-darajali Vatan urushi ordeni sovrindorlari
- Mehnat Qizil Bayroq ordeni sohiblari
- Hurmat Belgisi ordeni sohiblari
- Oʻshda dafn etilganlar
- 1905-yilda tugʻilganlar
- Tojikiston SSR Vazirlar Kengashi raislari
- Tojikiston Kompartiyasi Markaziy Qoʻmitasi a’zolari
- Qirgʻiziston SSR Kompartiyasi Markaziy Qoʻmitasi a’zolari
- Oʻzbekiston SSR xalq komissarlari va vazirlari
- Tojikiston SSR Oliy Sovetining 1-chaqiriq deputatlari
- Fargʻona viloyat Kengashi deputatlari
- Oʻsh shahar Kengashi deputatlari
- Alifbo boʻyicha siyosatchilar
- Tojikiston Bosh vazirlari


