Shayx
Shayx (arab. — keksa, oqsoqol; qabila, urugʻ, oila oqsoqoli) — islom dini tarqalgan mamlakatlarda avvalo bilimdon kishilarga, soʻngra ulamolar, fakixlarga berilgan nom. Keyinchalik sufiylik tariqatidagi pirlar, eshonlar, muqaddas joylarning mutasaddilari ham Sh. deb yuritilgan. Arablarda islomdan ilgari urugʻ, qabila boshliqlari, katta patriarxal oila oqsoqollari Sh. deb atalgan. Musulmon mamlakatlarida hozir Sh. oliy diniy maktablarning mudarrislari va yirik ulamolar ga nisbatan qoʻllanadi. Tariqatda esa shu yoʻlga kirgan kishilarni tariqatni sayru suluk asoslariga koʻra voyaga yetkazish va ularni sinash huquqiga ega shaxs. Shayx bundan tashqari murshid, xalifa va ota deb ham atalishi mumkin.[1][2][3][4]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- N.Toʻychiyeva, Islomshunoslik qomusiy lugʻat 278 b., Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Toshent islom universiteti Islomshunoslik ilmiy-tadqiqot markazi. -T.: «Movarounnahr». 2014
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |